O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya 11—12-iyul kunlari Rossiyada bo‘ladi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif doirasida Rossiya parlamenti, TIV va boshqa idoralarda qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, dasturda rossiyalik ekspertlar, vatandoshlar, o‘zbek diasporasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davra suhbati uyushtirilishi ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz aprel oyi oxirlarida Vladimir Norov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Uning zimmasiga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatilgan.
Shu vaqt davomida Norov qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Rossiyaga tashrif uning O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bararuvchi sifatidagi birinchi xorijiy tashrifi bo‘ladi.
Izoh (0)