Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 10-iyul kuni kasallanishlar soni biroz pasayib, 83 kishida koronavirus aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 3 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 5 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 10 nafari Samarqand viloyatida,
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 7 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 6 nafari Toshkent viloyatida,
- 17 nafari Toshkent shahrida
Shu kuni 58 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahrida 13 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238 689 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni 89 kishida, 8-iyulda 98 kishida, 7-iyulda 91 kishida koronavirus qayd etilgandi.
Izoh (0)