Ukrainadagi vaziyat tufayli to‘yib ovqatlanmaslik muammosi dunyoda 40 millionga yaqin odamda kuzatiladi. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh iqtisodchisi Maksim Torero ma’lum qildi.
“Agrosanoat sohasi hozir jiddiy noaniqlik holatida. Agar biz Ukraina atrofidagi vaziyatni bashorat qilsak, 2022-yilda surunkali to‘yib ovqatlanmaslikdan kamida 40 million kishi aziyat kechadi”, — dedi Torero.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilda 70 milliondan ortiq odam ochlik muammosiga duch kelishi mumkin.
Iyun oyining oxirida Bloomberg sharhlovchisi Amanda Littl AQSHda o‘sib borayotgan ochlik epidemiyasi vaqtinchalik muammodan doimiy haqiqatga aylanganini aytgan edi.
2021-yilda har olti amerikalikdan biri oziq-ovqat banklariga yordam so‘rab murojaat qilgan, deydi u.
Bu 2019-yildagi 40 millionga nisbatan 53 million kishini tashkil etadi. Pandemiya kamayib borayotganiga qaramay, Qo‘shma Shtatlarda och odamlar soni o‘sishda davom etmoqda.
Avvalroq BMT Ukraina g‘allasi bo‘yicha muzokaralar to‘xtagani sababli ochlik xavfidan ogohlantirgan edi.