Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi uyida taqiqlangan o‘simlik o‘stirgan shaxs aniqlandi.
Olingan ma’lumotga ko‘ra, Xovos tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, 1958-yilda tug‘ilgan, Xovos tumanida yashovchi D.D.ning yashash uyi tomorqasi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 4 tup, bo‘yi taxminan 25–30 sm uzunlikda bo‘lgan ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi va gullar orasiga 1 tup quritilgan ko‘knori borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.