Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Kaniza kayfiyati zo‘rligini aytib, tog‘ga go‘ja ichishga ketayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Marhum san’atkor Oxunjon Madaliyevning farzandi — xonanda Qilichbek Madaliyev sahifasiga insonni yoshi emas, yashab o‘tganlari ulg‘aytirishi haqida post qoldirdi.
Turkiyaning millionlab muxlislarga ega aktyori, “Sevgi iztirobi” serialidagi Kamol obrazi orqali tanish bo‘lgan Burak O‘zchivit yangi suratini taqdim etdi.
Rayhon muxlislariga Gruziyaning Batumi shahridan ko‘rinish berdi.
Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan, Java tomonidan kuylangan “Dunyo seni tog‘angmas” taronasini ijro etdi va unga bu tarona juda yoqqanini aytdi. Xonanda muxlislaridan musiqani eshitgan yoki eshitmaganligi haqida so‘radi.
Bir necha yil Rossiyada ijod qilgan xonanda Nargiz Zokirova tog‘asi, “Yalla” guruhi asoschilaridan biri Farrux Zokirov bilan tushgan suratni e’lon qildi.
Latofatli xonanda Sevara Nazarxon so‘nggi haftalarda o‘zini o‘rmondagi elfdek his etayotganini, bir insondagi tajriba boshqa insonga ham ekanini va muxlislari bir-birini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini aytdi.
Hozir AQSHda yashaydigan, “Vir va Zara” filmidagi roli orqali millionlab muxlislarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan Bollivud yulduzi Priti Zinta yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Lola Toshkentdagi xonadoni ta’miri sust olib borilayotgani uchun ustalar brigadasini almashtirishga qaror qildi.
Nilufar Usmonova onasi — O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qadrdonlari bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Ziyoda onasining uyida mehmonda bo‘ldi hamda kuzatuvchilari uchun ota hovlisidan reportaj tayyorladi.
Yosh va iste’dodli aktyor Shahzod Sultonov muxlislariga yangi suratni taqdim etdi.
Xonanda Farrux Raimov marhum xonanda Shuhrat Qayumovning “Siz o‘shamu?” qo‘shig‘ini kuyladi.
Shahlo Ahmedova ham sahifasiga yangi surat joyladi.
Xushovoz xonanda Shahnoza Otaboyeva o‘g‘lini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Javohir Zokirov turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Raqs san’atining malikalaridan biri Parizoda raqqosalikdan tashqari to‘ylarda boshlovchilik ham qiladi. U sahifasiga navbatdagi to‘yda boshlovchilik qilgani aks etgan videoni joyladi.
Xonanda Jasur Umirov oyog‘i gipslangani aks etgan suratni sahifasiga joyladi. Unga muxlislari tezroq sog‘ayib ketishni tilamoqda.
“VIA Marokand” guruhi xonandasi Asal Zokirova o‘zi orzu qilgan avtomobil — Kia K5 xarid qildi hamda xursandchiligini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Mavzuga doir:
- Instagram: Aziza Xalilova oilasida judolik, Umidaxon Murod Xonto‘rayevga atab qo‘shiq kuyladi, Yulduz Usmonova muxlisasiga tilla taqinchoq sovg‘a qildi
- Instagram: Izzat Shukurov “asal oyi”da, Liil Xurramov do‘kon ochdi, Munisa Rizayeva yangi kvartirasini ko‘rsatdi, Rashid Xoliqov xonadonida bayram
- Instagram: Qizini uzatgan taniqli suxandon, Bunyodbek Saidovga atalgan hashamatli tort, Nigina Jabborova Akobirga turmushga chiqyaptimi? Nargiz Zokirova O‘zbekistondan ketdi
- Instagram: “Afsonaning qaytishi”, prezident bilan uchrashgan san’atkorlar, tonirovka haqidagi vaynlar, La'lixonga aylangan Nilufar Usmonova
- Instagram: Umidaxon yangi uyli, Odina To‘xtasinova mashinali bo‘ldi, Alisher Uzoqov kumiri bilan uchrashdi, Doston Ergashev YPX xodimining to‘yida bepul xizmatda bo‘ldi