• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Bolaligi Toshkentda o’tgan, shaxsiy hayotda baxt topa olmagan: “Uch mushketyor” filmi yulduzi Margarita Terexovaning hayot yo’li haqida (foto)

    “Uch mushketyor” filmdagi Vinter va “Oxurdagi it” filmidagi Diana — bu ikkita obraz Margarita Terexovaning buyuk badiiy iste’dod egasi ekanini namoyon etdi va ushbu ijrolar aktrisaning muxlislari qalbidan chuqur joy oldi. Biroq go‘zal, jasur va o‘ziga ishongan sahna obrazlarini gavdalantirgan aktrisaning shaxsiy hayotda uncha omadi kelmaganini juda kam odam biladi.

    Foto: “Chitay”

    Foto: “Chitay”

    Qisqa muddatli nikohlar va turli otalardan bo‘lgan farzandlar… Margarita Terexova oilaviy baxtni shunday tasavvur qilganmidi? Ko‘p yillardan keyin aktrisa nihoyat o‘zi istagan umr yo‘ldoshni uchratadi, biroq bu nikoh ham uzoqqa bormaydi.

    A’lochi talaba, sportchi va orzudagi go‘zallik sohibasi

    Margarita Terexova 1942-yilning 23-avgust sanasida Sverdlovsk viloyatining Turinsk shahrida tug‘ilgan. Aktrisa tug‘ilganidan ko‘p vaqt o‘tmay uning oilasi O'zbekistonning poytaxti Toshkentga ko‘chib o‘tgan. Bu qaror Margaritaning jismoniy holati bilan bog‘liq edi, uning sog‘lig‘i uchun janubiy iqlim Uralga nisbatan ancha foydali edi.

    Margarita tez-tez kasal bo‘lishiga qaramay, qat’iyatliligi sabab boshqalardan ortda qolmadi. U bilan bir hovlida yashagan, keyinchalik mashhur “D’Artanyan va uch mushketyor” badiiy filmining rejissori bo‘lgan Georgiy Yungvald-Xilkevich bo‘lajak aktrisani jonli, faol qiz sifatida eslaydi.

    Foto: “Chitay”

    Foto: “Chitay”

    Bo‘lajak aktrisa maktab yillarida sportga mehr qo‘ydi, bir paytlar u basketbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining sardori bo‘lgan. Margaritaning go‘zalligi bilan ham tanilgan. U maktabda o‘qib yurgan yillari ozg‘in, uzun oyoqli qiz bo‘lgan va Margaritaning bir lahzaga nigohi tushishini orzu qilgan muxlislari paydo bo‘lgan.

    Nufuzli universitet o‘rniga aktyorlik maktabi

    Maktab yillarida Margarita Terexova nafaqat sportda, balki ta’lim sohasida muvaffaqiyatga erishdi. Qiz maktabning eng yaxshi o‘quvchilaridan biri bo‘lganligi sababli ma ktabni oltin medal bilan tugatdi va Toshkent davlat universitetining o‘sha paytdagi fizika-matematika yo‘nalishiga o‘qishga kirdi. Bir-ikki yil o‘qigandan keyin aniq fanlarga umuman qiziqmasligini anglab yetdi. Bu voqeadan keyin Margarita o‘qishni tashlab, aktyorlik sohasida o‘z omadini sinab ko‘rish uchun Moskvaga yo‘l oladi.

    Foto: “Chitay”

    Foto: “Chitay”

    Afsuski, Margarita o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan teatr institutida abituriyentlarni qabul qilish jarayoni allaqachon tugagan bo‘ladi va shu sababli u o‘qishga hujjat topshirishga ulgurmaydi. Bundan tashqari komissiya a’zolari aktrisani Rossiya davlat kinemotografiya institutiga ham qabul qilishmaydi, chunki ularga aktrisaning haddan tashqari oddiy ko‘rinishi yoqmaydi.

    Ketma-ket kelgan muvaffaqiyatsizliklar Margaritani to‘xtatib qolmaydi: amalga oshmagan umidlar uchun ko‘z yoshlarini to‘kish o‘rniga, u Mossovet teatridagi studiya maktabiga hujjat topshirishga qaror qiladi. Nihoyat aktrisaga omad kulib boqadi va u hech qanday muammosiz qabul qilinadi. Bundan tashqari bo‘lajak aktrisa bir necha oy ichida aktrisalik mahoratini yuqori darajada namoyish etadi va o‘qituvchilarni ham rom etib guruh rahbariga aylanadi.

    Bu esa uning jamoasidagi boshqa ayollarga uncha yoqmaydi. Aktrisa bu voqealarga e’tibor qaratmaydi. Margarita aktryorlik san’atiga shunchalik berilib ketadiki, hattoki uzun sochlarini kesib tashlaydi, chunki u sochlari parvarishiga ko‘p vaqt sarflashni istamagan.

    Birinchi muvaffaqiyat va tarsaki

    Studiya maktabini tugatgach, Margarita Terexova ushbu o‘quv muassasasi joylashgan Moskva shahar kengashi teatrida ishlay boshlaydi. Umrini teatrga bag‘ishlagan 20 yilida aktrisa turli spektakllarda asosiy va ikkinchi darajali rollarni ijro etadi. Tomoshabinlar Margarita Terexova ishtirokidagi “Masxarabozning ko‘zi bilan”, “Sezar va Kleopatra” kabi spektakllarni alohida e’tirof etdi.

    1983-yilda aktrisa Igor Talkov bilan birgalikda “Balaganchik” nomli teatr guruhini tashkil qiladi. Uch yildan so‘ng teatr guruhi tarqaladi va Margarita o‘zi ishlagan teatrga sahna rejissori sifatida qaytib boradi.

    Foto: “Chitay”

    Foto: “Chitay”

    Aktrisaning filmografiyasida teatrdagi ijrolaridan tashqari ko‘plab badiiy filmlar mavjud. Margarita Terexova birinchi marta “Salom, bu men” badiiy filmida rol o‘ynadi. Ammo birinchi muvaffaqiyat aktrisaga Nina Urgant, Evgeniy Leonov va Anatoliy Papanov kabi mashhur aktyorlar rol o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lgan “Belarus stansiyasi” filmi chiqqandan keyin keldi. Keyinchalik Margarita Terexova “Oxurdagi it” filmidagi Diana rolini ijro etdi.

    Bu voqealardan so‘ng aktrisa intiluvchan aktyor Mixail Boyarskiy bilan birga ishlaydi. Aktyor sahnada uncha yaxshi rol o‘ynamaganligi sababli roldan chetlashtiriladi, Margarita esa sherigini himoya qiladi. Aktrisa rolga shunchalik berilib ketadiki, suratga olish maydonchasida Boyarskiyga rosmana tarsaki tushiradi. Natijada aktyorning burni qonaydi.

    Ushbu filmdagi roli Boyarskiyning o‘ziga ham foyda keltiradi: Georgiy Yungvald-Xilkevichga uning ijrosi shu qadar yoqadiki, u yigitga “D’Artanyan va uch mushketyor” filmidagi jasur Gaskon rolini taklif qiladi.

    Margarita Terexovaning birinchi eri Vyacheslav Butenko edi. Bo‘lajak geodezik yosh qizning go‘zalligi va o‘zgacha hissiyotlaridan shunchalik “ko‘r” bo‘lib qoladiki, u ikkilanmasdan universitetdagi o‘qishni tashlab, Margarita tahsil olayotgan teatr maktab-studiyasiga o‘qishga kiradi. Yigit Margaritaning qalbini zabt etishiga bir yil kerak bo‘ldi.  Bu nikoh uch yil davom etdi.

    Margarita ikkinchi sevgisini “To‘lqinlarda yugurish” filmining suratga olish maydonchasida uchratdi. Bu uning suratga olish maydonchasidagi partnyori bolgariyalik Savva Xashimov edi. O‘sha paytda qonuniy nikohda bo‘lgan Savva Terexova sabab oilasini tashlab, sevgilisi bilan Moskvadagi yotoqxonalardan biriga joylashadi.

    Bir necha yil o‘tgach, juftlikning birinchi farzandi — Anna dunyoga keladi. Oradan 2 yil o‘tgach, ular yashash joyini kelisha olmaganligi uchun ajrashadi, chunki Margarita Moskvani tark etishni istamaydi. Savva ham o‘z ona yurti Bolgariyaga qaytishni istaydi.

    Terexovaning keyingi sevgilisi Tojikistondagi yirik korxonalardan birining rahbari Sayfiddin To‘rayev bo‘ldi. Aktrisaning bu turmushidan bir nafar o‘g‘il dunyoga keladi. Biroq, bolaning otasi oilali erkak ekanligi hamda uning ajrashish niyati yo‘qligini inobatga olib, Margarita uzoq yillar mobaynida o‘g‘liga otasi haqida gapirmaydi.

    Aktrisaning farzandlari uchun eng yaxshi ota rejissor Georgiy Gavrilov bo‘ldi. Ularning munosabati 15 yillik baxtli turmushdan so‘ng o‘z nihoyasiga yetdi. Keyinchalik Margarita boshqa turmush qurish niyati yo‘qligini aytdi va Moskvadagi uyida yolg‘iz hayot kechirdi.

    07.07.2022, 17:38   Izoh (0)   20641
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Aziza Xalilova oilasida judolik, Umidaxon Murod Xonto‘rayevga atab qo‘shiq kuyladi, Yulduz Usmonova muxlisasiga tilla taqinchoq sovg‘a qildi

    06.07.2022, 23:11

    59 yoshli Kventin Tarantino ikkinchi marta ota bo‘ldi

    06.07.2022, 18:46

    “Sendan aktyor chiqmaydi, deyishgandi”. O‘zbekistonlik mashhurlarning orzularga erishish yo‘lida taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari

    06.07.2022, 14:53

    “Minyonlar: Gryuvitatsiya” multfilmi namoyishidan so‘ng ilk dam olish kunlarida 200 mln dollar foyda keltirdi

    06.07.2022, 11:52

    Xurshid Rasulov rossiyalik boshlovchi Andrey Malaxov e’tiboriga tushgani hamda “Privet, Andrey!” ko‘rsatuviga taklif etilgani haqida (video)

    05.07.2022, 14:32

    Instagram: Izzat Shukurov “asal oyi”da, Liil Xurramov do‘kon ochdi, Munisa Rizayeva yangi kvartirasini ko‘rsatdi, Rashid Xoliqov xonadonida bayram

    04.07.2022, 22:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.