Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Asal, sharob sirkasi, go‘sht, sersuv pomidor va qizg‘ish pishirilgan baqlajondan tayyorlanadigan salat mazali bo‘lishi bilan birga sizga iliq kayfiyat bag‘ishlaydi. Uni ta’bingizga qarab bezatishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • baqlajon — 1 dona
  • pomidor — 3 dona
  • petrushka — ta’bga ko‘ra
  • mol go‘shti steyki — 1 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko'ra
  • zaytun yog‘i — 3 qoshiq va undan tashqari qovurish uchun
  • asal — yarim qoshiq
  • qizil sharob sirkasi — 1 qoshiq
Tayyorlanishi:
  1. Baqlajonni o‘rtacha bo‘laklarga bo‘ling, pomidorni ham o‘rtasidan bo‘lib baqlajon bilan bir xil shaklda kesib oling. Petrushkani to‘g‘rang.
  2. Mol go‘shti steykining har ikki tomoniga tuz va murch seping.
  3. Qovurmoqchi bo‘lgan idishingizni yog‘lang va o‘rtacha olovda qizdiring. Go‘shtning har tomonini aylantirib bir necha daqiqa qovuring. Plastik idishga soling va folga qog‘ozi bilan o‘rang.
  4. Idishga yana bir oz yog‘ qo‘shing. Baqlajonni jigari tusga kirguncha qovuring.
  5. Go‘shtni uzunasiga bilan kesib oling, baqlajonni esa yarmiga yoki chorak bo‘laklarga bo‘lib to‘g‘rang.
  6. Mol go‘shti, sabzavot va ko‘katlarni aralashtiring. Bir oz tuz va qalampir qo‘shing.
  7. Keyin yog‘ singishi uchun barcha mahsulotlarni sirka va asal bilan aralashtirib oling. Uni ta’bingizga qarab bezatib oling.
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda uy yonib ketib, bir oilaning 5 a’zosi halok bo‘ldi
Mahalliy
Samarqandda 2 mast fuqaro janjallashib, biri ikkinchisini urib o‘ldirdi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar