Yevropaning bir qator klublari “Yuventus” sobiq hujumchisi Paulo Dibala uchun kurash olib bormoqda.
La Repubblica xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchiga anchadan beri qiziqish bildirayotgan “Inter” hujumchi bilan shartnoma imzolashdan oldin bir nechta futbolchisini sotishi kerak bo‘ladi. Aleksis Sanches va Edin Jeko “Inter”ni tark etishi mumkin.
Ushbu vaziyatda “Milan”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Napoli” Dibala bilan bog‘lanan. Bu klublarning barchasi forvard uchun so‘rov bilan chiqishgan.
Paulo yangi klubida yiliga 6+1 million yevro maosh bilan 4 yillik shartnoma olmoqchi. “Napoli” uchun bunday moliyaviy talablar og‘irlik qiladi. Shu sababli hozirda futbolchi uchun asosiy da’vogar Milan klublari bo‘lib turibdi.
Avvalroq “Monsa” ham Dibalaga qiziqish bildiratgani haqida xabaryolar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, 2015-yildan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib kelgan Paulo 2021/22-yilgi mavsumda 15 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)