• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sotuvchi, murabbiy, oshpaz va modellikdan aktyorlikkacha: Bollivudning Tom Kruzi —Akshay Kumar karyerasini qurguncha qanday yo‘llarni bosib o‘tgan? (foto)

    Oilasidan aktyor chiqmagan, hatto bu sohaning biror vakili bilan ham yaqin aloqa o‘rnatmagan, teatr ma’lumotiga ega bo‘lmagan, maktab spektakllarida qatnashmagan va hech qanday aktyorlik maktabida o‘qimagan Bollivudga begona odam qanday qilib aqlbovar qilmas darajada yulduzga aylandi? Bollywoodtime nashri bugungi qahramon — Akshay Kumar o‘z karyerasini qurishdagi mashaqqat va muvaffaqiyatlari haqda so‘z yuritadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Asli ismi Rajiv Xari Om Bhatiya bo‘lgan Akshay Dehlidagi Chandni Choukning chekka qishloqlarida o‘sgan va jang san’ati bo‘yicha murabbiy sifatida karyera qilishni rejalashtirgan, ammo u ko‘p qirrali aktyor bo‘lib, turli janrdagi filmlarda rol ijro etmoqda: jangovar, romantika, komediya, qotillik sirlari, josuslik trilleri, ijtimoiy, vatanparvarlik yoki oilaviy film.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Rajya Sabha telekanaliga bergan intervyusida aktyorning ma’lum qilishicha, bir kuni otasi uni o‘qishga umuman qiziqmagani uchun tanbeh berib, hayotda qanday qilib omon qolishini so‘ragan. Akshay hali yosh bo‘lishiga qaramay, balki qahramonga aylanishi mumkinligini aytgan. U hali ham uni bu tarzda javob berishga nima majbur qilganini bilmaydi, chunki bu voqeadan oldin ham, keyin ham uning “qahramon” bo‘lish haqdagi fikr xayoliga ham kelmagan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Akshay bolaligidan sportga qiziqqan, ammo yaxshi baholarga o‘qimagan. Karate bilan shug‘ullanadigan mahalladagi boladan ilhomlangan Akshay ham bu sport turini puxta egallashga qaror qilgan. 10-sinfda imtihonlardan so‘ng u Bangkokka ko‘chib o‘tgan va u yerda turli jang san’atlarini o‘rgangan. Shuningdek, taekvondo bo‘yicha ham qora belbog‘ sohibiga aylangan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Uyga qaytgach, u turli shaharlarda noodatiy faoliyatlar bilan band bo‘lgan. Masalan, Kalkuttadagi sayyohlik agentligida ishlagan, zargarlik buyumlarini sotgan va Mumbaydagi bolalarga karatedan dars bergan. Armiya ofitserining o‘g‘li sifatida u hatto Hindiston qurolli kuchlariga safiga qo‘shilish haqida ham o‘ylab ko‘rgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ammo taqdirning u uchun atagan boshqa rejalari bor edi. Uning shogirdlaridan birining otasi Akshayga o‘zini modellikda sinab ko‘rishni taklif qildi. Yaxshi qaddi-qomatga ega kelishgan yigit unga ideal modeldek tuyildi. U Akshayni mebel reklamasi uchun yolladi va ikki soatlik suratga olishdan so‘ng Kumar murabbiy sifatida to‘liq ishlaganidan ikki baravar ko‘p gonorar oldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Tez orada Akshayning qiziqishi modellik biznesiga o‘tdi. Brendlar uchun suratga tushishdan tashqari, u fotograf Jayesh Setx bilan ikki yil bepul ishladi va buning evaziga u hamma joyda o‘zi bilan olib keta boshlagan professional portfolioga ega bo‘ldi. Setx kino yulduzlarini suratga oldi, Akshay unga hamrohlik qildi va unga yordamchi sifatida ko‘maklashdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    1987-yilda u Mahesh Bhattning Kumar Gaurav bosh qahramon rolini ijro etgan “Bugun” nomli filmida jang san’ati bo‘yicha murabbiy rolini o‘ynadi. Uning roli juda kichik edi, rejissorlar hatto Akshayning yuzini ham ko‘rsatmadi. Kumar Gaurav qahramonining ismi esa Akshay edi va bu ism yosh Rajivning ko‘nglidan shu qadar joy oldiki, u shundan keyin sudga borib, ismini Akshay Kumarga o‘zgartirdi. Uning ma’lum qilishicha, ismini o‘zgartirganidan ko‘p o‘tmay, tasodifmi yoki taqdir taqozosi bilan unga ikkita filmdan taklif tushgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    1991-yilda rejissor Pramod Chakravorti uni Karishma Kapur bilan birga “Muhabbat sharsharasi” filmi uchun shartnoma imzoladi. U filmning suratga olish maydonchasida rejissor Raj Sippi bilan uchrashdi va u Akshayni “Qasamyod” filmiga taklif qildi. “Sevgi sharsharasi” esa kechiktirilgani uchun 1992-yilda “Qasamyod”dan keyin namoyish etildi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Shundan so‘ng kino sanoatiga hech qanday aloqasi yo‘q va unga rahbarlik qiladigan otasi bo‘lmagan yigit sekin-asta, ammo ishonch bilan Bollivud yulduzi unvoni sari o‘z yo‘lining ssenariysini yozishga kirishdi. Karate va taekvondo chempioni sifatida u jangovar sahnalarda a’lo darajada o‘ynagan va ko‘pincha o‘zi xavfli tryuklarni dublyorlardan foydalanmasdan bajargan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Akshay boshqa aktyorlar bilan suratga olish maydonchasini baham ko‘rishda hech qachon muammoga duch kelmagan. Filmlarning maksimal soni yigirma uchta. U Paresh Raval, Anupam Kxer, Sunil Shetti, Saif Ali Xon va Jon Abraham bilan filmlarda ajoyib rollarni ijro etgan. Filmdagi partnyorlari esa Ravina Tandon, Shilpa Shetti, Karina Kapur va Katrina Kaif singari mahoratli aktrisalardir.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Akshay Kumar faqat filmlarda rol o‘ynash bilan cheklanmaydi. U “Qo‘rquv omili” shousining 1, 2 va 4 fasllarini o‘tkazdi, shuningdek, “Master Chef India” ning birinchi mavsumiga boshlovchilik qilgan, chunki Kumar aktyorlik faoliyatini boshlashdan oldin Bangkokda oshpaz bo‘lib ishlagan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    2008-yilda Akshay otasining nomi bilan atalgan Hari Om Productions nomli shaxsiy prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi va King Singx jangovar komediyasidan tortib, “Havo lifti” va “Rustam” kabi jiddiy filmlargacha bir qancha filmlarni suratga oldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Qolaversa, Akshay ayollar uchun bepul jang san’ati maktablarini ochdi va vaqti-vaqti bilan u yerda o‘zini himoya qilishni o‘rgatadi. U o‘z joniga qasd qilgan fermer va jangda halok bo‘lgan askarlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatadi. O‘zi kaskadyor sifatida u xavf-xatarni yaxshi tushunadi va Bollivudda ko‘pincha kadr ortida qoladigan insonlarning hayotini ta’minlash uchun “Kaskadyorlarni sug‘urtalash sxemasi”ni ishga tushirdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Akshay turli nominatsiyalar bo‘yicha bir nechta mukofotlarga ega — “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi komik aktyor”, “Eng yaxshi salbiy rol ijrochisi”, “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor”, “Yil artisti”. 2009-yilda Hindiston hukumati uni orzu qilgan “Padma Shri” mukofoti bilan taqdirladi. 2017-yilda “Rustam” filmidagi eng yaxshi erkak roli uchun nufuzli Milliy mukofotga sazovor bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Kollejdan haydalgan, bosh rol uchun 4 oy navbatchilik qilgan: Salmon Xon kinodagi karyerasini qanday boshlagan?
    • Tashqi ko‘rinishi tufayli tanqidga uchraganiga qaramay, kinoda muvaffaqiyatga erishgan Bollivud aktyorlari (foto)
    • “Qasos o‘ti” hind filmidagi Kavita — Shveta Rastogi bugun nimalar bilan band? (foto)

    03.07.2022, 21:42   Izoh (0)   18669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kasting-menejerlar tomonidan rad etilgan bo‘lsa-da, orzusidagi rolni qo‘lga kiritgunicha harakatdan to‘xtamagan Gollivud yulduzlari (foto)

    03.07.2022, 14:54

    Instagram: Qizini uzatgan taniqli suxandon, Bunyodbek Saidovga atalgan hashamatli tort, Nigina Jabborova Akobirga turmushga chiqyaptimi? Nargiz Zokirova O‘zbekisto...

    02.07.2022, 22:44

    Turk kinosining yulduzli juftliklari bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazadi? (foto)

    02.07.2022, 13:34

    Instagram: “Afsonaning qaytishi”, prezident bilan uchrashgan san’atkorlar, tonirovka haqidagi vaynlar, La'lixonga aylangan Nilufar Usmonova

    01.07.2022, 23:04

    Filmdagi ilk debyuti bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)

    01.07.2022, 20:44

    Alia Bhatt va Ranbir Kapur farzand kutishayotganini ma’lum qildi

    01.07.2022, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.