Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahrining Yangihayot tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi firibgarlik ustida ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tuman elektr tarmoqlari korxonasi yuriskonsulti F.I. fuqaro B.ning elektr energiya iste’molidan vujudga kelgan 9 million so‘m qarzdorligini sudda ishlovchi tanishlari orqali kamaytirib berishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga u 100 dollar va 500 ming so‘mni ETKning ma’muriy binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda issiq suvdan qarzdorlikni so‘ndirib berish uchun 270 dollar olgan issiqlik tarqatish bo‘limi xodimi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)