Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Suriya o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olishga qaror qildi. Bu haqda Suriyaning SANA agentligi mamlakat Tashqi ishlar vazirligidagi “rasmiy manba”ga tayanib xabar berdi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

“Suriya Arab Respublikasi barcha sohalarda munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha umumiy iroda va istagini o‘zida mujassam etgan holda ham Lugansk Xalq Respublikasi, ham Donetsk Xalq Respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan olishga qaror qildi”, — deydi SANA manbasi.

Iyun oyi o‘rtalarida DXR hukumati Suriya prezidenti Bashar Asad o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublika vakillarini DXR va LXRni rasman tan olish tartibini boshlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqida xabar berganini e’lon qilgandi.

Shu tariqa Suriya DXR va LXR mustaqilligini tan olgan Rossiyadan keyingi ilk davlat bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi