• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Turk kinosining taniqli aktyor va aktrisalari hamda mashhurlikda ulardan qolishmaydigan farzandlari (foto)

    Mashhur aktyorlarning farzandlari ko‘pincha ota-onalari izidan boradi. Kimdir o‘z karyerasini ota-onasi nomi yordamida qursa, boshqalari o‘z karyerasini yaratish uchun munosabatlarini yashirishadi. Axir, ota-onalarning mashhur ismlari muvaffaqiyat kafolati emas.

    Hulya Darjon, Tanju Korel va Berguzar Korel

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Hulya Darjan 1951-yil 27-aprelda tug‘ilgan va 16 yoshida ilk filmi “Silahlari ellerinde o‘ldular” filmida suratga tushgan. Aktyorlik faoliyati davomida u 52 ta loyihada ishtirok etgan. U ham salbiy, ham ijobiy rollarga ega va butun ijodiy faoliyati davomida u o‘z iste’dodi bilan tomoshabinlarni xursand qildi. Bugungi kunga qadar ham Hulya Turkiyada eng talabgir aktrisa hisoblanadi, u xorijda ham tanilgan — uning ishtirokidagi seriallar boshqa tillarga tarjima qilingan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Uning qizi Berguzar Korel ham xuddi onasidek mashhur aktrisa. Uning filmografiyasida 11 ta loyiha bor, filmlar ichida turmush o‘rtog‘i Halit Ergench bilan tanishgan “1001 kecha” serialidagi Shahrizod eng yorqin roli. Hozirda aktrisa vaqtini oilasiga bag‘ishlagan, bolalar tarbiyasiga e’tibor qaratmoqda.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Berguzar Korelning otasi ham taniqli aktyor Tanju Korel bo‘lib, 51 ta filmda rol o‘ynagan. Otasi 2005-yil sentabr oyida vafot etgan.

    Sadri Alishik va Kerem Alyshik

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Sadri Alishik 1925-yil 5-aprelda tug‘ilgan. Maktab davridayoq teatr spektakllarida o‘ynagan. U 1946-yilda kinoda debyut qilgan va ijodiy faoliyati davomida 141 ta filmda o‘ynagan. Aktyor komediyalarda, tarixiy va kriminal filmlarda ishtirok etgan. 1980-yildan boshlab u teleseriallarda ham rol o‘ynay boshlaydi. Sadri Alishik 1995-yil 18-martda vafot etadi, hozirda xususiy teatr va madaniyat markazi uning nomi bilan ataladi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Uning o‘g‘li Kerem Alishik ham aktyor. Uning filmografiyasida 16 ta kartina mavjud. Oxirgi seriali “Bir vaqtlar Chukurovada” bo‘lib, u Ali Rahmet Fekeli rolini o‘ynagan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Keremning onasi ham aktrisa Cho‘lpan Ilxon bo‘lib, 58 ta film va seriallarda rol o‘ynagan. U 2004-yilda vafot etgan.

    Leman Sam va Shevval Sam

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Leman Sam 1951-yil 22-fevralda tug‘ilgan bo‘lib, aktrisa, xonanda va bir qancha qo‘shiqlar muallifi hisoblanadi. U xalqona qo‘shiqlar ijrochisi sifatida mashhur va bir nechta tillarda, shu jumladan yunon, fransuz va ispan tillarida qo‘shiq kuylay oladigan san’atkor sifatida ham tanilgan. Leman ko‘plab shahar va mamlakatlarda konsertlar bergan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Uning qizi Shevval Sam ham qo‘shiqchi va aktrisadir. Shevval 15 ta filmda ishtirok etgan. Oxirgi 4 yil davomida u “Taqiqlangan meva” serialida rol o‘ynadi. Filmda u Ender rolida ko‘rinish berdi.

    Jihan Unal va Irmak Unal

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Jihan Unal 1946-yil 22-yanvarda tug‘ilgan. Ijodiy faoliyatini 1963-yilda kichik rollar bilan boshlagan. 1964-yilda Anqara davlat akademiyasining teatr bo‘limiga o‘qishga kiradi va uni 1969-yilda tugatadi. Shundan so‘ng Anqara davlat teatrida xizmat qila boshlaydi. U Londonda o‘qishni davom ettiradi va Qirollik dramatik san’at akademiyasida dars beradi. U ko‘p vaqtini o‘qituvchilikka bag‘ishlaydi, shuningdek, teatrda, kinoda o‘ynaydi. Ijodiy faoliyati davomida u 21 ta loyihada suratga tushgan. Hozir u “Yolg‘iz bo‘ri” serialida ishtirok etmoqda.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Uning qizi Irmak Unal ham aktrisa. Uning filmografiyasida 12 ta loyiha mavjud. Oxirgi rollardan biri “To‘lin oy” serialidagi Feritning opasi Zeynep roli.

    Vohide Perchin, Altan Gerdum va Alize Gerdum

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Vohide Perchin “Ismini Feriha qo‘ydim” serialidagi Zehra, “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram Sulton va “Bir vaqtlar Chukurovada” serialidagi kuchli ayol Xyunkar Yaman rollari bilan tanilgan. Uning eri, ishdagi hamkasbi Altan Gerdum 2009-yilda Istanbulda aktyorlik maktabiga asos solgan. Er-xotin 2013-yilda ajrashishadi. Bu  nikohdan ularning 1994-yilda tug‘ilgan Alize ismli qizlari bor.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Alize ham onasidek aktrisalikni tanladi, uning filmografiyasida 7 ta loyiha mavjud, oxirgisi “Mening onam”. U birinchi rolini onasi bilan “Muhtasham yuz yil” serialida o‘ynagan.

    U Istanbul universitetini tamomlagan, so‘ngra Los-Anjelesdagi Amerika aktyorlik akademiyasiga o‘qishga kiradi va kino va teatr aktrisasi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oladi.

    Turkan Shoray va Yag‘mur Unal

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Turkan Shoray yarim asrdan ortiq kino faoliyati davomida u ikki yuzga yaqin bosh rollarni ijro etgan.

    U 1945-yil 28-iyunda Istanbulda amaldor oilasida tug‘ilgan. Uning otasi millati bo‘yicha cherkes, onasi Salonikidan kelgan muhojir. 15 yoshida Turkan “Shamolli sevgi” filmida debyut qiladi. 1965-yilda Turkan eng talabgir va mashhur turk aktrisalari to‘rtligiga kiradi.

    Uning so‘nggi ishi 2015-yilda ekranlarga chiqqan, biroq Turkan hamon o‘z loyihalarini taqdim etmoqda, turk va xalqaro kinofestivallarga faxriy mehmon va hakamlar hay’ati a’zosi sifatida taklif qilinadi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Yag‘mur Unal ham hayotini kino bilan bog‘ladi. Faqatgina qiz aktrisa emas, balki kino sanoatining ushbu sohasida rivojlanishni afzal ko‘rgan prodyuser bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Turk kinosining turmush qurgan va bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftliklari (foto)
    • Taniqli turk aktrisasi Fahriye Evjen “Alp Arslon: Buyuk saljuqiy” tarixiy serialining ikkinchi mavsumida suratga tushmaydi
    • “Zolim Istanbul” turk seriali yulduzlari 2022-yilda qanday loyihalarda suratga tushmoqda? (foto)

    17.06.2022, 11:40   Izoh (0)   24165
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    200 rublga tushgan shohona tushlik, KGB nazoratida bo‘lgan “Brilliant qo‘l”, Brejnevga yoqqan “Kavkaz asirasi”: tomoshabinlar qalbidan joy olgan Leonid Gaydayning

    15.06.2022, 22:01

    Ledi Gaga “Joker” sikveliga qo‘shilishi mumkin

    15.06.2022, 10:44

    Jonni Deppning o‘zini qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirib yozgan posti 19 milliondan ortiq layk to‘pladi

    14.06.2022, 16:44

    Gollivud yulduzi Anjelina Joli aktrisa Salma Xayek ishtirokida film suratga oladi

    14.06.2022, 11:44

    Netflix “Kalmar o‘yini”ning 2-mavsumi suratga olinishini rasman e’lon qildi

    13.06.2022, 20:42

    Maymundek “gapirish”, qamchi o‘ynatish, qo‘y junini olish: rol ijro etishdan tashqari boshqa qobiliyatlarga ham ega bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)

    13.06.2022, 10:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.