Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Eldor Shomurodovning “Roma”dan ketishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Foto: “Roma”

Foto: “Roma”

O‘FA media departamenti boshlig‘i va sharhlovchi Davron Fayziyevning yozishicha, “Roma” Instagram sahifasida Eldorning rasmini qo‘yib, uning qaysi jamoaga qarshi o‘yinda gol urganini so‘ragan. To‘g‘ri javob esa “Sampdoriya” bo‘lgan.

Fayziyevning qo‘shimcha qilishicha, buning transferga umuman aloqasi yo‘q.

“Bu haqda gap yo‘q. Qisqasi Shomurodov o‘tmayapti hech qayerga”, — deb yozadi Fayziyev.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodovning 2021-yilning 22-dekabr sanasida “Sampdoriya” darvozasiga gol urgan.

Avvalroq Eldor Shomurodovga “Fiorentina” va “Lechche” klublari qiziqish bildirayotgani va o‘zbekistonlik futbolchi ijaraga berilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. 26 yoshli hujumchining o‘zi esa keyingi mavsumda ham “Roma” safida qolmoqchi ekanini aytgandi.

Eldor A Seriyaning 2021/22-yilgi mavsumida asosan zaxira o‘yinchisi sifatida harakat qildi. U 28 o‘yinda 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi