Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Championat.asia”ga intervyu berdi. Unda hujumchi Konferensiyalar Ligasidagi g‘alaba, keyingi mavsumni qaysi jamoada davom ettirishi haqida gapirib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Konferensiyalar Ligasidagi chempionlik haqida

Hissiyotlarni ta’riflab berish juda qiyin. Bu jamoaviy ilk yutug‘im edi. Ayniqsa, Yevropada sovrin qo‘lga kiritish ikki karra quvonchli bo‘ldi. G‘alabadan keyin Rimdagi atmosfera juda ajoyib edi.

Finalda maydonga tushishni kutgani haqida

Albatta, maydonga tushishimga umid bor edi. Mashg‘ulotlar vaqtida ham menga imkon berilsa kerak deb o‘ylaganman. Final — bu final. O‘z hayajonimni bildirmaslikka urindim.

“Roma”ga o‘tish qarori xato bo‘lgani borasidagi tanqidlar haqida

Gap-so‘zlar har doim bo‘ladi. Agar yaxshi o‘ynab, ko‘plab gollar urganimda, barcha mening qarorim to‘g‘ri bo‘lganini aytardi. Bu har doim yonma-yon yuradigan narsa. E’tibor qilmasdan davom etamiz.

Keyingi mavsumni ham “Roma”da boshlashi haqida

Ha, albatta, “Roma”da qolaman.

Eldor Shomurodov, “Roma” futbolchisi

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi—2023 musobaqasining 3-saralash bosqichidagi C guruhi o‘yinlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston saralash bosqichidagi dastlabki o‘yinini 8-iyun kuni Shri-Lankaga qarshi bahs bilan boshlaydi. 11-iyun kuni Maldiv orollariga qarshi o‘ynasa, 14-iyunda Tailandga qarshi maydonga tushadi. C guruhidagi barcha uchrashuvlar Namangandagi “Markaziy” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi