• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    Oligopoliyadan erkin raqobatga — O‘zbekiston sement bozori qanday o‘zgardi?

    2010-yillar boshida sement ishlab chiqarish O‘zbekistonning uchta hududida jamlangan bo‘lib, respublikadagi jami sement mahsulotining 46,3 foizi Navoiy, 37,9 foizi Toshkent va 15,8 foizi Farg‘ona viloyatlarida ishlab chiqarilgan.

    Foto: Gharpedia

    Foto: Gharpedia
    Umuman olganda, o‘sha davrda respublikada atigi 4 ta sement ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat ko‘rsatgan. Sohadagi ulushlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, bu bozorning oligopolistik holatda ekanligini anglatgan.

     

    Oligopoliya – ishlab chiqarish va sotishning katta qismi nisbatan yirik kamsonli korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan bozor tuzilmasidir.

    Bunday sharoitda sement hududlar o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa tashilardi. Natijada sementni boshqa hududlarga yetkazish va eksport qilishda transport va logistika xarajatlari oshib borardi.

    Sement ishlab chiqarishning hududiy konsentratsiyasini baholash va bozordagi raqobat darajasini aniqlash uchun xalqaro amaliyotda qo‘llanadigan bozor konsentratsiyasining ko‘rsatkichi bo‘lgan Herfindal-Hirshman indeksi (HHI) qo‘llanadi.

     

    Herfindal-Hirshman indeksi sanoatning monopollashuv darajasini baholashda qo‘llanadigan ko‘rsatkichdir. Uning asosiy afzalligi – hisoblashning sodda usuli va uni aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning kichikroq hajmi.

    2010-yili O‘zbekistonda sement sanoati uchun hisoblangan HHI indeksi 3832,1 ni tashkil etgan. Indeksning bu darajasi bozor yuqori darajada konsentratsiyalashganini anglatadi.

    Sement zavodini qurish katta moliyaviy investitsiyalar va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun kredit tashkilotlari kamroq kapital talab qiladigan va tezda qoplanadigan loyihalarga ko‘proq e’tibor berishni afzal ko‘radi.

    Ta’kidlash joizki, tovar bozorlarida monopoliyani bartaraf etish muammolari iqtisodiy nazariyada ham, kompaniyalar va boshqaruv tuzilmalari amaliyotida ham keng muhokama qilinadi.

    So‘nggi yillarda sement ishlab chiqarish bozorida katta o‘sishga erishildi. Hududlarda sanoatni rivojlantirish, mineral resurslardan samarali foydalanish, qurilish materiallari sanoatini modernizatsiya qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

    Sementga talab ortib borishi bu sohaga yangi investorlarning kirishiga turtki berdi. Natijada ishlab chiqarish quvvatlari kengaydi, sohaga zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda.

    Ushbu omillar respublika hududlarida sement ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.

    2016-2021 yillarda sement ishlab chiqarish hajmi 63,9 foizga (yiliga o‘rtacha 12,8 foiz) o‘sdi. Bu bozordagi talab va taklifning mos kelishiga ko‘maklashdi.

    Ishlab chiqarish konsentratsiyasi darajasining pasayishi va uning qator hududlarda rivojlanishi sement bozori tarkibini raqobatbardosh bozorga aylantirdi.

     

    2010-yilda sement ishlab chiqarish jamlangan 3ta hududda jami mahsulot ulushining pasayish parametrlari bunga misol bo‘la oladi: Navoiy viloyatida pasayish 20,4 foiz, Toshkent viloyatida 14,8 foiz va Farg‘ona viloyatida 4 foizni tashkil qildi.

    2021-yil yakuniga ko‘ra, sement sanoati bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi hududlar bo‘yicha sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatib, 1818,7 ni tashkil etdi.

    Bu sanoatning hududiy konsentratsiyasi sezilarli (2,1 baravar) pasayganini bildiradi, chunki hozirgi kunda sement ishlab chiqarish 14 ta hududdan 11 tasida tashkil etilgan.

    Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yirik sement korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash uchun zarur mineral resurslar yetarli darajada mavjud emas. Shu bois investorlar tomonidan mazkur hududlarda sement ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishga jiddiy qiziqish bildirilmayapti.

    O‘z navbatida, taklif hajmining o‘sishi bozorlarda muvozanatning yuqori darajasiga va mahsulot tannarxining pasayishiga olib keldi. 2021-yilda mahalliy ishlab chiqarilgan 1 tonna sementning birja savdolarida o‘rtacha narxi 551,3 ming so‘mni tashkil etdi (2020-yilga nisbatan 14,3 foizga past).

    Sement sanoatini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi

    Xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va umumlashtirish shuni ko‘rsatdiki, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sement sanoati rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy infratuzilmani ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

    Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hisobiga sement sanoatining rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlarining qayta taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Sement ishlab chiqarish daromad va bandlikni ta’minlashning muhim manbalaridan biriga aylandi.

     

    Tizimli monitoring natijalari va ular asosida olib borilgan hisob-kitoblar tahlili sement ishlab chiqarish butun dunyoda, shu jumladan Markaziy Osiyoda ham sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.

    Shu bilan birga, ishlab chiqarish markazi AQSH va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan ishchi kuchi arzonroq bo‘lgan va talab sezilarli darajada oshgan Osiyoga ko‘chdi.

    Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida (Xitoy, Saudiya Arabistoni, Koreya Respublikasi, Turkiya, Eron va boshqalar) sement sanoati davlat ko‘magida nisbatan qisqa muddatda eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy va energiya tejovchi majmualarga aylantirdi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligi oshdi.

    Bu jarayonlar 2020-yilda dunyoda aholi jon boshiga o‘rtacha 538 kg, Xitoyda 1651 kg, Koreya Respublikasida 1076 kg, Turkiyada 877 kg, Eronda 823 kg sement ishlab chiqarishga erishish imkonini berdi.

    O‘zbekistonda sement sanoatini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

    Mamlakatda qurilish materiallarini ishlab chiqarishga bo‘lgan talabning asosiy drayveri bu prognoz qilinayotgan kapital qurilishning barqaror rivojlanishi, ishlarning sanoatlashishi, shuningdek, yangi mahalliy xom ashyo manbalarining o‘zlashtirilishidir.

    Respublikamizning jadal rivojlanayotgan qurilish komplekslarini hisobga olgan holda, yaqin kelajakda sement sanoatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

    • mavjud korxonalarning samarali ishlashini ta’minlash;
    • ichki va tashqi bozorlarning raqobatbardosh mahsulotlarga bo‘lgan talabi hamda umumiy ehtiyojlarining mutanosibligiga erishish, sanoatni rivojlantirishni davom ettirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish;
    • yuqori sifatli (M500 va M600) va maxsus sementlarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirgan holda, energiya tejovchi “yashil” texnologiyalarni joriy etish;
    • eksport hajmini oshirish.

    Investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va yangi ishga tushirilgan obyektlarda ishlab chiqarishni tashkil etish aholi jon boshiga 2024-yilda 630 kg, 2026-yilda 760 kg (2016-yilga nisbatan 2,8 barobar o‘sish) sement ishlab chiqarishga erishish imkonini beradi.

    Shu bilan birga, respublika hududlarida sement ishlab chiqarishni kengaytirish natijasida HHI qiymati 2024-yilda 1399 gacha, 2026-yilda 1134 gacha (2010-yilga nisbatan 3,4 baravar qisqarish) kamayishi prognoz qilinmoqda, bu esa ishlab chiqarish konsentratsiyasi darajasi sezilarli pasayishi va bozorda raqobat kuchayishidan dalolat beradi.

    O‘zbekistonda sanoat va qurilishda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini hisobga olgan holda ushbu dasturlarda belgilangan parametrlarga erishish yuqori sifatli sementga o‘sib borayotgan ichki talabni qondirishga, yangi ish o‘rinlari, jumladan, chekka hududlarda ham yaratishga, tayyor mahsulot eksportini oshirishda yordam beradi.

    14.06.2022, 01:30   Izoh (0)   14622
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoda birinchi quyosh elektromobili sotuvga chiqarildi

    13.06.2022, 21:35

    Qozog‘istonlik davlat xodimlarining O‘zbekistonda ko‘chmas mulklari borligi ma’lum bo‘ldi

    13.06.2022, 20:18

    O‘zbekistonda PES22, FIFA22, DOTA 2 va CS:GO kibersporti bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tadi

    13.06.2022, 16:52

    O‘zbekistonda yangi chet el IT kompaniyalar soni 3 barobarga oshdi. Bunga TashRush dasturi sabab bo‘lmoqda

    13.06.2022, 15:59

    O‘zbekistonda bir odamga o‘rtacha 18 kvadrat metr uy-joy to‘g‘ri keladi. Boshqa davlatlarda vaziyat qanday?

    11.06.2022, 17:46

    One Million Uzbek Coders dasturini milliondan ortiq odam yakunladi

    10.06.2022, 20:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.