Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways Safe Takeoff kompaniyasining 30 yilligini nishonlash maqsadida tanlov o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Aviakompaniya axborot xizmati holat yuzasidan raddiya berdi.

Qayd etilishicha, tanlov doirasida 3 million so‘m pul mablag‘i va sovg‘alar o‘ynalishi e’lon qilingan. Uzbekistan Airways yo‘lovchilardan plastik karta ma’lumotlarini notanish saytlarga va havolalarga kiritmaslikni va bunday firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni so‘ragan.

“Kompaniya tanlovlarni faqat ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida o‘tkazadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda barcha qo‘ng‘iroqlar yozib olinib, ijtimoiy tarmoqlar nazorat qilinishi haqidagi xabarga raddiya berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti va Sog‘liqni saqlash vazirligining soxta veb-saytini yaratib, fuqarolarning pullarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi