Daryo

Samarqand viloyatidagi qabristonlarning birida yong‘in chiqdi

Yong‘in oqibatida qabristonning taxminan 1 gektar maydonida xas-xashak yonib ketgan

1 daqiqa o‘qish36 724 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan qabristonda yong‘in chiqdi, deb xabar beradi viloyati FVB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 16-may kuni soat 12:39 da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri “Oqoltin” MFYda joylashgan “Xalq” qabristonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘inga soat 12:45 da yetib borilgan va soat 13:20 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida qabristonning taxminan 1 gektar maydonida xas-xashak yonib ketgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda ikki qavatli savdo majmuasida yong‘in chiqqani, Sirdaryoda masjid hovlisida yong‘in yuzaga kelgani, Buxorodagi qurilish mollari sexida yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentdagi oziq-ovqat do‘konlarining birida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar