Daryo

Namanganda bir-biriga tutash xonadonlarda yong‘in chiqdi (video)

Yong‘in oqibatida xonadonlarning 155 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy-jihozlari yonib, zararlangan

1 daqiqa o‘qish24 048 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi “Alpomish” MFYda joylashgan xonadonlarning birida yong‘in chiqqani tasvirlangan video tarqaldi. Namangan viloyati FVB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 7-iyun kuni soat 10:00 da “Alpomish” MFY Buramatut ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:20 da qurshab olingan va soat 11:10 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarning taxminan 155 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy-jihozlari yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentdagi “Rayhon” oshxonasida yong‘in sodir bo‘lgani, Sergelidagi xonadonlarning birida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar