Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Alisher Zokirov.

Alisher Zokirov.
Foto: Kitob tumani hokimligi

Ma’lum bo‘lishicha, Kitob tumanining sobiq hokimi Alisher Zokirov viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlagan.

Alisher Zokirov 1976-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, 2021-yil aprel oyidan beri Qashqadaryo hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Azamat Avazov sog‘lig‘idagi muammolar sabab o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan.

Avvalroq Kitob tumaniga O‘ktam Pardayev hokim etib tayinlangani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?
Dunyo
“Rossiyani fojiadan, rus armiyasini bo‘lsa xo‘rlikdan qutqarish imkoningiz haliyam bor”. Ukraina Mudofaa vaziri rus harbiylarini zudlik bilan jangdan bosh tortishg...
Mahalliy
“Xodimlar o‘zboshimchalik bilan qoidalarni buzgan” — Qashqadaryoda elektromontyor tok urishidan vafot etgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi