• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SIPRI: yadro qurolini qo‘llash xavfi sovuq urush davridan buyon eng yuqori cho‘qqiga chiqdi

    Yadro quroliga ega to‘qqizta mamlakat — Rossiya, AQSH, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Pokiston, Hindiston, Isroil va KXDR — o‘z arsenalini faol ravishda modernizatsiya qilishni boshlamoqda, deyiladi Stokgolm tinchlik muammolarini tadqiq qilish xalqaro instituti (SIPRI) tadqiqotida.

    Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

    Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

    “O‘tgan yili yadro qurol-yarog‘lari ustidan nazorat sohasida ham, yadroviy qurolsizlanish sohasida ham ahamiyatli muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lsa-da, yadro qurolini qo‘llash xavfi sovuq urush davridan buyon hozir har qachongidan balandroq bo‘lib ko‘rinmoqda”, — deb hisoblaydi SIPRI direktori Den Smit.

    Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, yadroviy jangovar kallaklarning umumiy soni 2022-yil yanvar holatiga 12,7 mingtani tashkil qilgan, shularning 9,4 mingtasi faol va foydalanish uchun potensial jihatdan tayyor. O‘tgan yili, SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, 13 mingta jangovar kallaklar bo‘lgan. Institut qayd etishicha, zaxiralarning qisqarishi Rossiya va AQSH o‘z qurol-yarog‘lari qatoridan eskirgan tizimlarni chiqarib tashlagani bilan bog‘liq, foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan jangovar o‘qlar soni esa o‘sha darajada qolmoqda.

    SIPRI eksperti Xans Kristensen so‘zlariga ko‘ra, sovuq urush tugaganidan buyon davom etib kelayotgan yadroviy qurollarni kamaytirish jarayoni tugaganidan darak beruvchi “aniq belgilar bor”.

    Institut ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil yanvari holatiga jangovar kallaklarning umumiy soni quyidagicha:

    • Rossiyada — 5977 ta (1588 tasi joylashtirilgan);
    • AQSHda — 5428 ta (1744 tasi joylashtirilgan);
    • Xitoyda — 350 ta;
    • Fransiyada — 290 ta (280);
    • Buyuk Britaniyada — 225 ta (120);
    • Pokistonda — 165 ta;
    • Hindistonda — 160 ta;
    • Isroilda — 90 ta;
    • KXDRda — 20 ta.
    AQSH va Rossiya birgalikda dunyoda mavjud bo‘lgan yadro qurolining 90 foizdan ortig‘iga egalik qiladi, deyiladi ma’ruzada. Qolgan yettita yadro davlati yangi qurol-yarog‘ tizimlarini ishlab chiqmoqda va joylashtirmoqda yoki shunaqa niyati haqida e’lon qilgan. Xususan, o‘tgan yili Buyuk Britaniya yadroviy jangovar kallaklar zaxiralariga limitni oshirish qarorini e’lon qilgan, Fransiya esa uchinchi avlod ballistik raketalari bilan jihozlangan atom suvosti kemasini ishlab chiqish dasturini ishga tushirgan edi.

    Hindiston va Pokiston, SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, yadro arsenalini kengaytirmoqda, Isroil esa uni modernizatsiya qilmoqda (mamlakat hukumati Isroilda yadro quroli borligi haqida rasman xabar bermagan). Shimoliy Koreya o‘z yadro dasturiga ustuvor e’tibor qaratmoqda, Xitoy esa 300 ta yangi uchirish shaxtalarini qurish ishlarini olib bormoqda, deb xabar beradi ekspertlar sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarga tayanib.

    SIPRI ma’lum qilishicha, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi tufayli, strategik barqarorlik bo‘yicha Rossiya va AQSH muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, va yadro mamlakatlarining boshqa hech qaysisi qurol-yarog‘ ustidan nazorat bo‘yicha muzokaralar olib bormayapti. Bundan tashqari, BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari (Xitoy, Rossiya, Fransiya, AQSH va Buyuk Britaniya) Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilgani yo‘q, Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarda esa oldinga siljish yo‘q.

    27-fevral kuni, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasining uchinchi kuni, prezident Vladimir Putin strategik tiyib turish kuchlari (ularga yadroviy kuchlar ham kiradi) jangovar navbatchilikning maxsus rejimiga o‘tkazishni buyurdi. Pentagon shundan keyin Amerika strategik tiyib turish kuchlari holatini o‘zgartirish uchun asoslar ko‘rmayotganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda, idora rahbari Lloyd Ostinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yadro arsenali AQSH uchun “ahamiyatli muammolar”ni tug‘diradi.

    Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya yadro urushiga yo‘l qo‘ymaslik tezisiga sodiq ekanini ta’kidladi, shu bilan birga, u voqealar rivojining bunday tus olishi xavfi “ancha jiddiy” deb hisoblaydi. Kreml Rossiyaning hayoti uchun xavflar bo‘lgan taqdirdagina yadro qurolini qo‘llash mumkin bo‘lishini bildirdi, bu milliy xavfsizlik konsepsiyasida keltirilgan.

    Mavzuga doir:

    • “G‘arb Ukrainaga yadro qurolini ‘sovg‘a qilish‘ huquqiga ega” — Yevroparlament deputati
    • NATO Finlyandiyaga yadro quroli joylashtirilmasligini kafolatlashdan bosh tortdi
    • Shimoliy Koreya o‘z yadro poligonini qayta tiklamoqda — BMT
    • Peskov Rossiya yadro qurolidan qanday sharoitda foydalanishi mumkinligini ma’lum qildi
    • Rossiyaning qator OAVlari Ukrainada yadro quroli yaratilayotgani haqida xabar tarqatdi

    13.06.2022, 13:29   Izoh (0)   25508
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda musulmonlarga qarshi haqoratlardan keyin boshlangan tartibsizliklarni bostirish uchun uylarni buzib, odamlarni hibsga olishmoqda

    13.06.2022, 12:43

    Erdo‘g‘on Putin va Zelenskiy bilan “don yo‘lagi” yaratishni muhokama qiladi

    13.06.2022, 11:41

    To‘qayev Sankt-Peterburgdagi forumda ishtirok etish uchun Rossiyaga tashrif buyuradi

    13.06.2022, 11:19

    Rossiyada omikron shtammining yanada yuqumliroq BA.4 varianti aniqlandi

    13.06.2022, 10:45

    AQSHda Astra Space raketasi yana NASA sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga olib chiqolmadi (video)

    13.06.2022, 10:10

    Finlyandiya prezidenti Turkiya mamlakatning NATOga qabul qilinishini istamasligi uni hayratda qoldirganini aytdi

    13.06.2022, 09:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.