Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

Rukn materiallari har kuni tong soat 07:30 da e’lon qilinadi.

90 yil avval. 1932-yil 12-iyun, yakshanba

“Qizil O‘zbekiston” gazetasida bosilgan “Hukumat qarorini buzayotirlar” xabaridan bir parcha: “Binokorlik kontorasi o‘ziga olgan kon va zavodda ishlagan hunarmandlarga maoshlarini to‘lamasdan, tarqatib ham yubordi. Bunday qonunsizlik va bemazagarchilik sinfiy dushman tegirmoniga suv quyishdir”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-iyun sonidan lavha

Korxona va tashkilotlar boshqaruv apparatini o‘zbek (boshqachasiga aytganda — mahalliy) kadrlar bilan to‘ldirish bilan to‘ldirish — 1932-yildagi dolzarb vazifalardan biri. “Qizil O‘zbekiston”ning yozishicha, “Toshkent sog‘liqni saqlash apparati shu vaqtgacha faqat 10 protsent yerlilashtirilgan”. “Doktorlar va o‘rta tibbiy xodimlar o‘rtasida tub yer xalqdan ishlovchilar ayniqsa oz”, — deyiladi xabarda.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-iyun sonidan lavha

Amerikalik sanoatchi va ishbilarmon Ouen Yungning aytishicha, “iqtisodiy tanglikdan chiqish uchun Shimoliy Amerika qo‘shma jumhuriyatlari jumhurraisi (prezidenti)ga favqulodda vakolat berish va qisman hozirgi demokratiya sistemasida hokimiyatning bo‘linishidan voz kechish zarur bo‘lib chiqishi ehtimol”. “Qizil O‘zbekiston” kabi sovet gazetalari bunday bayonotni AQShda fashistik mayllarning o‘sishi, sifatida ko‘rgan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-iyun sonidan lavha

60 yil avval. 1962-yil 12-iyun, seshanba

“Rostgo‘ylik, prinsipiallik — rahbar xodimning fazilati” — bu “Qizil O‘zbekiston”ning shu kungi sonidagi bosh maqola. Unda Ishtixon, Pastdarg‘om tumanlari, O‘zSSR Davlat plan komissiyasi rahbar xodimlarining kirdikorlari fosh etilgani va ulardan ishdan haydalgani haqida so‘z boradi.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

Maqolada “g‘arazgo‘ylik, g‘iybatchilik, gruppabozlik, orabuzuvchilik, bir kishini ikkinchi kishiga qarama-qarshi qilib qo‘yish singari o‘tmishning sharmandali sarqitlariga hali ham qutula olmagan” ishchi-xodimlarga nisbatan shafqatsiz kurashish, “kollektivlardagi sog‘lom muhitni zaharlaydigan,.. o‘zlariga topshirilgan ishni eplay olmaydigan, oz ishlaydigan, so‘zining uddasidan chiqolmaydigan, maqtanchoq, mahmadona va beburd xodimlarning bahridan kechish” kerakligi uqtirilgan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

SSSR va AQSh siyosat maydonida til topishishi juda qiyin, mana bir misol:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

Ammo ilm-fan maydonida hamkorlik qilishga har ikki tomon ham tayyor. Bunday kelishuvlar, bitimlar ikki mamlakat o‘rtasida yadroviy urush xavfi ortga qat’iy chekinmagan paytda imzolangani yanada e’tiborga molikdir.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Fosh etish” janrida yozilgan va oxiri “aybdorlar jazolanishi kerak” so‘zlari bilan tugaydigan yana bir material: bunda nafaqat “qaysi joyga bosh suqsa, faqat o‘z manfaatini ko‘zlaydigan” kommunist Xolmatov fosh etilgan, balki uni oqlashga uringan Bo‘stonliq tumani prokurori ham ayab o‘tirilmagan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston”ning “Murosasizlar signali” rukni — bu hozirgi xalq bilan muloqotning eskicha bir shakli, unda gazetxonlarning muammoli xabarlari e’lon qilinadi. Masalan, To‘rtko‘ldan yozishlaricha, avtobus haydovchilari va ularning rahbarlarida insof, Qo‘qon taraflarda esa elektr yo‘q:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

Burchmulla choyxonalarida choy yo‘q (chunki choyni qaynatish uchun ko‘mir yo‘q):

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

Qarshi tumani do‘konlarida mix, eshik tutqichi, krovat, dazmol, umivalnik, qaychi, veshalka, turli elektr asboblari (xullas, hech vaqo) yo‘q (masalan, “zubochistka” butun O‘zbekistonda yo‘qligi hali yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak):

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

Darvoqe, e’lon:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

30 yil avval. 1992-yil 12-iyun, juma

1992-yilgi Qurbon Hayiti 11-iyunga to‘g‘ri kelgan. Shu munosabat bilan “Toshkent oqshomi”ning 12-iyun sonida Toshkent masjidlarida bo‘lib o‘tgan hayit namozidan tayyorlangan reportaj berilgan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Oqshom”ning yozishicha, xalq deputatlari Sobir Rahimov rayon Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tgan va unda tashkiliy masala ko‘rilgan. “Toshkent shahar hokimi Athambek Fozilbekovning... 9-iyundagi farmoyishi bilan... Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) rayoni hokimi bo‘lib ishlagan Qudratulla Mirsoatovich Rafiqov Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) rayon hokimi etib tayinlandi”. Sessiyada shahar hokimining shu farmoyishi tuman deputatlari tomonidan tasdiqlangan (ma’lumot uchun, Qudratulla Rafiqov hozirgi kunda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi hisoblanadi).

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

Toshkent qanday qilib 2000-yilgi yozgi Olimpiada mezbonligiga da’vogar bo‘lib qolgani va mezbonlikni qo‘lga kiritishi uchun nimalar qilishi lozimligi haqida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Sobirjon Ro‘ziyev bilan katta intervyu uyushtirilgan. Uning aytishicha, “agar Olimpiada bizda o‘tkazilsa, 80—100 ming tomoshabinni sig‘diradigan yangi o‘yingoh qurilishi kerak”, “mana, hozir hindlar (Toshkentda) mehmonxona quryapti, shunday mehmonxonalardan kamida uchtasi qad ko‘tarishi lozim, “tayyoragohimiz talabga javob bermaydi,.. shahar transportining xizmati namunali bo‘lishi talab etiladi”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-iyun sonidan lavha

Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...