Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

90 yil avval. 1932-yil 11-iyun, shanba

1932-yilning eng ko‘p tanqid qilinadigan tashkilotlaridan biri Narkompros (Maorif xalq komissarligi) va uning “O‘znashr” davlat nashriyoti. “Qizil O‘zbekiston”ning bugungi sonida ham “O‘zbekiston maktablari bu yil ham kitobsiz qolish xavfi bor”ligi vajidan tanqidiy bir material berilgan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 11-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 11-iyun sonidan lavha

“Zagotskotchilar ‘solig‘i’” xabaridan iqtibos: “O‘zbekiston bo‘yincha hayvon tayyorlash plani qisqartirildi. Bu qaror bilan kolxozlarga hayvon topshirish bo‘yincha o‘z planlarini muhlatidan ilgari bajarishga imkoniyat tug‘dirildi. O‘zbekistonning hayvon tayyorlay turgan tashkiloti ‘Zagotskot’ bu qarorni kolxozlar va kolxozchilar ommasiga yetkazish va tushuntirish o‘rniga ‘soliq’ harakatlariga urinadi. ‘Zagotskot’ning agentlari Toshkent rayonidagi ‘Oktabr samarasi’ kolxoziga kelib, hech narsa tushuntirmasdan, 5 bosh sigir va bir qo‘yni shartlab ketdikim, kolxozda bunday mollar yo‘qdir”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 11-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 11-iyun sonidan lavha

Dunyoda nima gap? Sovet gazetalarining yozishicha, nemislar Germaniya hukumati tepasiga gitlerchi-fashistlarning kelishiga qarshi.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 11-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 11-iyun sonidan lavha

60 yil avval. 1962-yil 11-iyun, dushanba1962-yil 11-iyun kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

30 yil avval. 1992-yil 11-iyun, payshanbaO‘zbekistonda bu kun Qurbon Hayiti nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan prezident Islom Karimovning vakillari Samarqand viloyati Chelak tumanidagi Ismoil al-Buxoriy jome’ masjidiga Makkayi Mukarramadagi Ka’baning ustiga yopiladigan kisva (Ka’bapo‘sh)ning bir qismini topshirgan.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

Mustaqillik maydonida turgan hozirgi globus o‘rnida qanday yodgorlik bo‘lishi mumkin edi? Masalan, quyidagilardan biri:

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

Hozirgi DXXning o‘tmishdoshi — O‘zbekiston Davlat milliy xavfsizlik boshqarmasi raisi G‘ulom Aliyev bilan uyushtirilgan intervyu deyarli barcha gazetalarda bosilgan (aftidan, bu DXXning birinchi rahbari bilan uyushtirilgan birinchi intervyu, shekilli).

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

“Mahbuslar yo‘qligi uchun Qiziltepa rayonidagi qamoqxona yopib qo‘yildi”, — deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi” gazetasi.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

Dunyoda nima gap? Ahmad Shoh Mas’ud va Gulbiddin Hikmatyor qo‘shinlari o‘rtasidagi “mo‘rt yarashuv Afg‘onistonga chinakam tinchlik keltirmadi, Kobulda yana janglar boshlandi”.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 11-iyun sonidan lavha

Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...
Dunyo
“Ham Moskva, ham Kiyev bilan faqat men ochiq muloqot qilyapman”. Erdo‘g‘on Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasini ma’lum qildi
Mahalliy
Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi