Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

90 yil avval. 1932-yil 10-iyun, juma

Toshkentda nondan zaharlanish yuz bergan. “Shu nonni yeganlardan 100 dan oshiq kishi kasal bo‘ldi. Zaharlanish nishoni bilan og‘riganlarga doktor yordami berildi. Kasallarning ahvoli qo‘rqinchli emas”, — deyiladi “Qizil O‘zbekiston” axborotida.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-iyun sonidan lavha

“Sug‘orishni to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazish paxta hosili uchun juda katta ahamiyatga egadir. Biroq bu masala asosiy paxta rayonlarida hanuz partiya va sho‘ro tashkilotlarining tashkiliy e‘tiborini o‘ziga tortgan emas. Bu yil ko‘p daraja kengaygan paxta maydoni suvni xarajat qilishda ortiq darajada katta e‘tibor bilan amal qilishni talab etadi”, — bu Moskvada chop etiladigan “Izvestiya”da bosilgan, o‘zbekcha tarjimasi “Qizil O‘zbekiston”da berilgan “Paxta uchun kurashning hal qiluvchi davri” maqolasidan iqtibos edi (xuddi shu mazmun va kayfiyatdagi maqolalar roppa-rosa 30 yildan keyin ham dolzarb bo‘lib qolaveradi).

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-iyun sonidan lavha

Bir tomonda qurolsizlanish bo‘yicha jahon konferensiyasi davom etayotgan paytda, “Qizil O‘zbekiston”ning yozishicha, Buyuk Britaniyada “yangi odam qirish quroli” o‘ylab topilgan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 10-iyun sonidan lavha

60 yil avval. 1962-yil 10-iyun, yakshanba

Sharof Rashidov boshliq SSSR delegatsiyasi o‘n kun Kubada bo‘lib, sug‘orish sistemasini vujudga keltirish va botqoq joylarni quritishda ushbu mamlakatga yordam berish imkoniyatlarini o‘rgangan. “Sovet delegatsiyasi Kuba rahbarlari — prezident Osvaldo Dortikos, bosh ministr Fidel Kastro bilan... uchrashdi... Sharof Rashidov va delegatsiya a‘zolarining bir qismi bugun samolyotda Gavanadan Vatanlariga jo‘nab ketdi. Aerodromda ularni... bosh ministr o‘rinbosari Raul Kastro... samimiy kuzatib qoldilar”, — deyiladi “Qizil O‘zbekiston”dagi xabarda.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

Paxta maydonlarini sug‘orish haqidagi 30 yil avvalgi maqoladan keltirilgan iqtibos hali yodingizdan chiqarib ulgurmagandirsiz? “Qizil O‘zbekiston” gazetasida 1962-yil 10-iyun kuni bosilgan “Va’da va paxta” maqolasidan iqtibos: “Bu yil dehqonchilikda suvni shimirib emas, qoshiqlab ichadigan yil... Bu yil yetishtiradigan paxtamiz tomchi suvga bog‘liq bo‘lib turibdi. Suv esa nihoyat kam... Dehqonchilik uchun yer ostidan ham suv olinmoqda. Shunda ham, baribir, bu yil suv yetishmasligi mumkin. Suvni yetkazishning eng asosiy yo‘li — undan tejab foydalanishdir” (shu suvxo‘r paxtani ekmay qo‘ya qolaylik, degan gap yo‘q, axir 3,35 million tonna paxta beramiz, deb va’da berilgan — va’dani bajarish kerak).

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

Bungacha O‘zbekiston qishloqlarini radiolashtirish haqida xabarlaridan iqtiboslar keltirgan edi. 60 yil avval radiolashtirishdan tashqari kinolashtirish masalasi ham bo‘lgan ekan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

1960-yillarda Afrikadagi davlat tuzilmalariga mustaqillik qanday berilganiga doir bir lavha:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

Toshkent vokzali va uning oldidagi maydon bundan 60 yil avval xuddi shu ko‘rinishda bo‘lgan (chap tomonda — Turkistonlik 14 komissar monumenti):

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 10-iyun sonidan lavha

30 yil avval. 1992-yil 10-iyun, chorshanba

Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining raisi sifatida (ha, mamlakatda ayni vaqtda bosh vazir — Abdulhoshim Mutalov — ham bor) Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan:

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

Sharof Rashidov mavzusini davom ettirib. “Xalq so‘zi” gazetasida militsiya podpolkovnigi Nurmat Latibjonovning “Davrning o‘zi qozi” sarlavhali maqola e‘lon qilingan. Unda, jumladan, shunday deyiladi: “Sharof Rashidov o‘limidan avval qaysi bir bolalar bog‘chasida bo‘lgan, ularning paxta yog‘idan tayyorlangan taom yeyotganlarini ko‘rib, viloyat rahbarlariga jahl qilgan: ‘Biz paxta deb imonimizni sotdik, hozir orttirganimiz ham, qolganimiz ham mana shu bolalar. Biz ularni avaylashimiz, boy bermasligimiz kerak. Rasman ko‘rsatma beraman: paxta maydonlarini qisqartiring, kunjut eking. Kelgusi yildan boshlab bolalarni zig‘ir yog‘li taom bilan ta‘minlang...’. Bu anchayin gap emas. Moskov bilan orasi buzilgan rahbarning talvasasi ham emas. Bu Isyon edi. Isyonning boshlanishi...”.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

1992-yilning may oyida Qashqadaryo viloyatida 1991-yilning dekabrida tugatilgan SSSR nomli davlat prokuraturasi tashkil topganligining 70 yilligi keng nishonlangan. “Xalq so‘zi” muxbiri shundan norozi bo‘lib, “SSSR tugadi, yubileylari qoldimi?” sarlavhali xabar tayyorlagan:

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

O‘zbekiston bo‘ylab asta-sekin turk litseylari ochilmoqda (keyinchalik ular ommaviy ravishda yopiladi):

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi”ning yozishicha, “O‘zbekistonda yagona xususiy ‘Rustambank’ xalqaro tijorat bankiga aylangan”. “Xususiy bank egasi, millioner Rustam Usmonov Yugoslaviyadagi ‘Aka-uka Karichlar’ firmasi bilan xalqaro ‘Karich—Rustam bank’ini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi”, — deyiladi xabarda.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

Toshkentning Hamza (hozirgi Yashnobod) tumanidagi shaxsiy hovlilarning birida bir necha sotix yerni egallagan ko‘knorizor (suratda) topilgan; militsiya vakili Faxriddin Ahrorovning ta‘kidlashicha, “mazkur hovlidagi hosilning o‘zi bir necha yuz ming so‘m turadi”.

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

Yunusobodda metropoliten qurilishi davom etmoqda (keyin bir to‘xtab, 2000-yillar arafasida yana jonlanadi va bir necha bekat foydalanishga topshiriladi va shu bilan 2016-yilgacha yana to‘xtab qoladi):

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

Dunyoda nima gap? Rossiyaparastlarning qurolli ayirmachilik harakati oqibatida yuzaga kelgan favqulodda holat sharoitida Moldova hukumati iste‘fo bergan. Ayni vaqtda, Janubiy Osetiya rasmiy doiralari ushbu avtonom respublikani o‘z tarkibida saqlab qolishga harakat qilayotgan Gruziyaga qarshi Rossiyadan harbiy yordam so‘ramoqda.

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 10-iyun sonidan lavha

Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...