Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 1-iyun holatiga FHDY organlari tomonidan respublika bo‘yicha 90 543 ta nikohlar qayd etilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 373 taga kam.

Er va xotin 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida 71 817 ta, 50 yoshdan oshganlar o‘rtasida 662 ta nikoh shartnomasi tuzilgan.

Hududlar kesimida:

  • 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Samarqand viloyati eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan;
  • 50 yoshdan oshganlar o‘rtasida Toshkent shahar eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, 2021-yil 1-yanvarga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paygan. 2021-yilda O‘zbekiston bo‘yicha 305 082 ta nikoh, 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazm viloyati sudlari 3-sinf o‘quvchilariga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchi besh sutkaga qamalgani bo‘yicha ma’lumot berdi
Mahalliy
Amrillo Inoyatov O‘zbekistondagi tug‘uruq komplekslari faoliyatini tanqid qildi
Mahalliy
Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia ishlab chiqarish to‘xtatilmagan. Sotuvda yo‘q ushbu avtomobillar qayerga “ketayotgani” maʼlum qilindi