Samarqand viloyati Payqariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-iyun kuni Forish—Payariq yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Nexia-3 avtomobili yo‘lning xavfli burilish joyiga kelganda boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.
Mashina haydovchisi bo‘lgan 25 yoshli fuqaro olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Haydovchining yonida do‘sti esa og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u ham vafot etgan.
Avvalroq Qashqadaryoda hushyorlikni yo‘qotgan Isuzu haydovchisi yo‘l chetidagi piyodani urib yuborgani, Toshkentda Matiz daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘lgani, Jizzaxda katta tezlikda harakatlangan Lacetti avtomobili Nexia-3 va Damas bilan to‘qnashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)