AOKAda Fanlar akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, mas’ul vazirliklar mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda uy-joy qurilishi sohasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, ko‘p kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasiga ko‘ra, ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi. Bunda seysmik zaif uy-joylarni ta’mirlash yoki yangisini qurish, uy-joylarda yashayotgan aholining to‘la haq-huquqini ta’minlagan holda amalga oshirilishi shart.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatning 78 foiz yer maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan. MSK-64 shkalasi bo‘yicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir bo‘lishi kuzatiladi.
Izoh (0)