Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi jamoat transporti haydovchilari o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB holatga munosabat bildirib, avtobus haydovchilariga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 1-iyun kuni Yunusobod tumanidagi savdo markazi yonida joylashgan avtobuslar to‘xtash bekatida avtobus haydovchilari 31 yoshli T.K., 43 yoshli A.U. hamda 25 yoshli konduktor M.G. o‘rtasidagi dahanaki janjal yuzaga kelgan. Shu yerda bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan ushbu mojaro to‘xtatilgan.

Ushbu holat yuzasidan avtobus haydovchilari T.K. va A.U.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga taqdim etilgan.

Bundan oldin Qibrayda ikki yo‘lovchi avtobus poyga o‘ynashi oqibatida ulardan biri Lacetti bilan to‘qnashib ketgani, Sirdaryoda mast holda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketayotgan avtobus haydovchisi ushlangani, Toshkentda telefonda “Forsaj” ko‘rib harakatlangan Isuzu haydovchisiga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
BAAda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qancha? Toshkent va Ras al-Hayma bozorlarini taqqoslaymiz
Dunyo
Yaponiya bosh vaziri “nomaqbul suratlar” sabab o‘g‘lini lavozimidan ozod qildi
Shou-biznes
Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?