• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Alisher Usmonov va Irina Viner: ilk uchrashuv, 6 yillik hijron va 30 yillik nikohdan keyingi ajrashish tarixi

    Ko‘pchilik ularning muhabbatiga havas qilgan, chunki Irina Aleksandrovna va Alisher Burhonovich og‘ir sinovlarni boshdan kechirsa-da, doim birga bo‘lgan. Gimnastika murabbiyi Irinaning shogirdlari va er-xotin bilan tanish bo‘lgan har bir kishi ularning turmushini har doim kuchli va mustahkam deb bilgan.

    Ammo qanchalik g‘alati eshitilmasin sevgi ham tugar ekan. May oyining o‘rtalarida Viner va Usmonov ajrashishayotganini e’lon qilishdi. Hozirda ular ajralish jarayonida bo‘lsa-da, “Lisa.ru” nashri bu ikki kuchli insonning sevgi hikoyasi qanday boshlanganini yodga oladi.

    Ilk uchrashuv

    Irina Aleksandrovna va Alisher Burhonovich ilk bor Toshkentdagi sport majmuasida uchrashgan. O‘shanda Viner umidli va iste’dodli gimnastikachi edi, Usmonov esa qilichbozlik bilan shug‘ullanardi. Yigit bir ko‘rishdayoq moviy ko‘z, qora soch chiroyli qizni sevib qoladi, lekin ancha vaqtgacha o‘z his-tuyg‘ulari haqida gapirishga jur’at eta olmaydi.

    Sportchi qiz unga juda mag‘rur va jiddiy bo‘lib ko‘rinadi, balki Usmonov rad etilishidan qo‘rqqandir. Ammo bir lahzalik bu uchrashuv ko‘p yillar davomida uning xotirasida qoladi. Keyinchalik Alisher Burhonovich o‘shanda birinchi marta va butun umrga sevib qolganini tan olgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ma’lum vaqtga qadar ularning yo‘llari ajraladi: Usmonov Moskvaga ketadi va MGIMOga o‘qishga kiradi. Viner esa O‘zbekistonda karyerasini qurishda davom etadi, bir necha bor chempion bo‘ladi. Keyinchalik u turmushga chiqadi va Anton ismli o‘g‘il farzand ko‘radi. Odatda u birinchi turmush o‘rtog‘i haqida gapirishni xohlamaydi.

    Bir kuni Irina Aleksandrovna Moskvaga xizmat safariga boradi va u yerda tasodifan Alisher Burhonovich bilan uchrashib qoladi. Usmonov qizni darrov taniydi, lekin Irina vatandoshini payqamay, uning yonidan o‘tib ketadi.

    Keyinchalik, ikkalasining eslashicha, o‘sha kuni gimnastikachining kayfiyati bo‘lmagan, shuning uchun erkak uni chaqirganda, u biroz hayron qolgan. Ammo Usmonov singlisi u bilan birga mashg‘ulot o‘tkazganini aytishi bilanoq Viner darhol taniydi.

    Keyinchalik u Usmonovni yaxshi ko‘rib qoladi. Ba’zilarning aytishicha, sportchi birinchi turmush o‘rtog‘idan aynan Usmonov tufayli ajrashgan. Avvaliga ular o‘rtalaridagi munosabatni hammadan yashirishadi. Alisher Burhonovich sevgilisini ota-onasi bilan tanishtirishga ancha vaqtgacha jur’at eta olmaydi, chunki otasi unga oqila uy bekasi bo‘ladigan og‘ir-bosiq qiz qidirardi. Birinchi turmushidan ajralgan va farzandi bo‘lgan sportchi ideal kelin orzusiga to‘g‘ri kelmasdi. Bundan tashqari, Irina Aleksandrovna Usmonovdan besh yosh katta edi. Biroq Usmonov ota-onasini faqat shu ayol bilangina chinakam baxtli bo‘lishiga ishontirishni uddasidan chiqadi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Oilaviy baxt va sinovlar

    Sevishganlar turmush qurishga ulgurmasdan, ularning tinchini Usmonov ishtirok etishiga to‘g‘ri kelgan sud buzadi. U poraxo‘rlik va firibgarlikda ayblanadi va sakkiz yilga qamoq jazosiga hukm qilinadi. Tadbirkorning o‘zi aybdor emasligini qayta-qayta ta’kidlaydi: o‘sha vaqtda kimlardir badavlat odamlarning farzandlarini ozodlikdan mahrum qilib, ularga zarar yetkazmoqchi bo‘lishadi.

    Milliarderning otasi esa shaharda mashhur prokuror bo‘lgan. Olti yil qamoqda o‘tirib chiqqach, 2000-yilda Alisher Burhonovich aybsiz deb topiladi.

    Irina Aleksandrovna shu yillar davomida sevgilisini kutgan, qachondir obro‘si tiklanishiga va aybsiz deb tan olishiga ishongan. O‘sha paytda ba’zi tanishlari sportchiga biznesmenni unutishi lozimligini maslahat ham berishadi, chunki qamalgan odam bilan turmush qurish Vinerning karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    O‘sha paytda unga mamlakatni tark etish va xalqaro musobaqalarda qatnashish taqiqlangan bo‘lsa-da, Irina hech kimga quloq solmaydi. Alisher Burhonovich qamoqda o‘tirgan payti o‘z tanlovida adashmaganini anglab yetib, o‘sha yerdan sevgilisiga shoyi ro‘mol yuboradi, bu esa turmush qurish taklifini bildirardi.

    Gimnastikachi sovg‘ani mamnuniyat bilan qabul qiladi va turmush qurishga rozi bo‘ladi. Ularning to‘yi Usmonov ozod qilinganidan so‘ng — olti yildan keyin bo‘lib o‘tadi. Keyinchalik ular Moskvaga ko‘chib kelib, yangi hayot boshlashadi.

    Bu yerda Alisher Burhonovich tadbirkorlik va biznes bilan shug‘ullana boshlaydi, Irina Aleksandrovna esa iqtidorli gimnastikachilarga murabbiylik qiladi, ularning dunyo miqyosida tan olinishiga yordam beradi. Turmush o‘rtog‘i har doim uni qo‘llab-quvvatlagan va rafiqasi erishgan g‘alabalardan xursand bo‘lgan. Viner ham ko‘p jihatdan u tufayli muvaffaqiyatga erishganini doimo tan oladi.
    Moskvaga kelganimdan keyin sportchi qizlarim bilan Novogorskdagi bazada shug‘ullanganman, ijara haqini esa Alisher Burhonovich to‘lagan. Shuningdek, Yana Batirshina, Amina Zaripova bilan erishilgan g‘alabalar uning yordami tufayli. Ammo bolalarga onasi kabi yaqin bo‘lmasangiz, natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu bois Alisher Burhonovich, bir tomondan, sport bilan shug‘ullanishimdan norozi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bolalarning muvaffaqiyatidan doimo xursand bo‘lardi, — dedi sportchi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Usmonov ba’zan qattiqqo‘l bo‘lsa-da, aslida romantik va mehribon er edi. Xotini uchun u hech narsani ayamasdi — uni gullarga ko‘mib tashlashga, qimmatbaho sovg‘alar hadya qilishga tayyor edi. Biroq tadbirkor ham rafiqasining ko‘magisiz bunday muvaffaqiyatga erisholmasdi. Irina unga biznes yuritishda yordam bermadi, lekin sharq ayoli sifatida doimo uni tinglashga, itoatkor bo‘lishga va sevishga harakat qildi.

    Men har doim Alisherga: “Sen — dahosan! Sen — buyuksan!” deb aytardim. Oxir-oqibat shunday ham bo‘ldi. U umidsizlikka tushganda garchi bu haqda o‘ylash haqiqatga to‘g‘ri kelmasa-da, men baribir hammasi yaxshi bo‘lishini tinmay takrorlardim. Uning super ekanligini bilardim, — deb tan oladi sportchi.
    Mashhur murabbiy u uchun ishdan ko‘ra oila muhimroq ekanligini bir necha bor aytgan — u buni o‘z shogirdlariga ham o‘rgatgan. Alisher Burhonovich o‘g‘li Antonni o‘z farzandidek tarbiyalagan, ammo ularning umumiy farzandlari yo‘q.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Kimlardir aynan shu narsa ularning his-tuyg‘ularining sovishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi, boshqalar esa bir-biridan uzoqda bo‘lish munosabatlarga ta’sir qilganiga amin, chunki so‘nggi yillarda er-xotin deyarli birga yashamas edi. May oyi boshida Alisher Usmonov ajrashish uchun ariza berdi, 19-may kuni bu qaror hammaga ma’lum bo‘ldi. Milliarder va murabbiyning vakillik tomonlari uchrashishgan, ammo hech kim eng kuchli juftliklardan biri bo‘lgan er-xotin ajralishining haqiqiy sabablarini ma’lum qilmagan.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Vinerning eng esda qolarli obrazlari (foto)
    • Foto: Taniqli milliarderlarning rafiqalari (foto)
    • Irina Viner-Usmonova samarqandlik bo‘lganmi?
    • Alisher Usmonov, Alina Kabayeva, Sevara Nazarxon va qo‘shni mamlakatlarda muvaffaqiyatga erishgan boshqa o‘zbekistonliklar

    03.06.2022, 20:32   Izoh (0)   49349
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Meksikalik bo‘lgani uchun bosh rollar berilmagan, ammo orzusiga erishish uchun tinmay mehnat qilgan aktrisa — Salma Xayek hikoyasi

    03.06.2022, 17:46

    “Yo meni yoki kinoni tanlang, deb shart qo‘ygan” — Mansur Agaliyev Yulduz Usmonova sabab filmlarda suratga tushmay qo‘ygani haqida gapirdi (video)

    03.06.2022, 15:42

    Instagram: Zulayho Boyxonova o‘g‘lining yulduzlarni jamlagan to‘yi, Feruza Normatovani yig‘latgan syurpriz, Istanbulda “ximiya” olayotgan Ra’no Shodiyeva

    02.06.2022, 22:55

    Qimorga tikilgan, oyog‘i sindirilgan va qornidagi bolasi tushirilgan: Turmush o‘rtog‘ining ruhiy va jismoniy zo‘ravonligiga uchragan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    02.06.2022, 17:50

    Haligacha farzand ko‘ra olmagan va buning sababini hech kimga aytmagan aktrisa — Jennifer Enistonning hayoti va karyerasi (foto)

    02.06.2022, 15:37

    Gollivud yulduzi Bred Pitt sobiq rafiqasi Jennifer Enistonga 79 million dollarlik uy sovg‘a qildi

    02.06.2022, 11:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.