• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Haligacha farzand ko‘ra olmagan va buning sababini hech kimga aytmagan aktrisa — Jennifer Enistonning hayoti va karyerasi (foto)

    Ko‘p yillardan beri karyerasini farzandli bo‘lishdan ustun ko‘rishda ayblanib kelinayotgan aktrisa Jennifer Eniston har kim o‘z hayotini qanday yashashini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lish muhimligi haqida ochiq gapirdi. AdMe nashri Reychel Grin roli bilan mashhur bo‘lgan aktrisaning hayoti haqidagi hikoyani siz bilan baham ko‘radi.

    Karyerasining dastlabki yillari

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jennifer Eniston 1969-yil 11-fevralda tug‘ilgan. Uning ota-onasi aktyor bo‘lgan, shuning uchun u yoshligidanoq bu faoliyat bilan yaxshi tanish edi. U Nyu-York shahridagi musiqa, san’at va aktyorlik maktabida drama bo‘yicha tahsil olgan.

    Avvaliga u hatto reklama sohasida ham ish topa olmaydi. Jennifer 2 yildan ortiq muzqaymoq do‘konida ofitsiant va sotuvchi bo‘lib ishlaydi. U pul qarz olib, so‘nggi bir necha dollarini “Do‘stlar” filmidagi rolga fotokasting uchun suratga tushishga sarflaydi.

    “Do‘stlar” va Reychel Grinning muvaffaqiyati

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Do‘stlar” premyerasi 1994-yilda bo‘lib o‘tdi va serial keyingi 10 yil davomida ham katta muvaffaqiyat bilan davom etdi. Qahramon Jennifer barchaning sevimlisiga aylandi, uning kiyimlari va soch turmagi 10 yillik tendensiyani belgilab berdi, uni haligacha eslashadi va bunday turmakdan hozirgacha foydalanishadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2000-yilda Eniston Bred Pittga turmushga chiqadi. Odamlar bu ajoyib juftlikni juda yaxshi ko‘rishardi va ular qayerga ketayotganini, nima qilayotganini doimiy ravishda kuzatib boradigan matbuot, ayniqsa, ularning farzandli bo‘lish-bo‘lmasligi bilan qiziqardi. Ammo juftlik uchun bu asosiy narsa emas edi. 2005-yilda ular ajralishdi va tez orada Bred Pitt Anjelina Joli bilan munosabatlarini rasman e’lon qildi.

    Komediyalar yulduzi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Esda qolarli rol o‘ynagan mashhur aktyorlar bilan tez-tez sodir bo‘ladigan narsa Jennifer bilan ham sodir bo‘lishi ehtimoli bor edi: u Reychel Grin timsolida qolib ketishi va boshqa rollarda sinab ko‘rilmasligi mumkin edi. Biroq Eniston bunday bo‘lmasligi uchun juda ko‘p harakat qildi. “Yaxshi qiz” (2002) filmini suratga olish ishlari boshlangach, u film ustida ishlashni to‘xtatmaydi.

    “Do‘stlar” 2004-yilda tugadi va Jenniferning karyerasi katta ekranga ko‘chadi. Xuddi shu yili yana bir yulduz — Ben Stiller bilan birgalikda rol ijro etgan “Mana, Polli ham keldi” filmi namoyish etildi. 2006-yilda u Vins Von bilan birgalikda rol o‘ynagan “Amerikancha ajralish” filmi prokatga chiqdi. Shundan keyingina Reychel obrazi ortda qoldi, Jennifer o‘zining karyerasi endigina boshlanayotganini hammaga ko‘rsatib qo‘ydi. 2012-yilda aktrisa Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi.

    Yangi rollar va yangi vazifalar

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jennifer yaxshi komedik aktrisa bo‘lishiga qaramay, faqat shu janr bilan cheklanib qolishni xohlamadi. 2005-yilda u “Xiyonatning bahosi” dramasida, 2008-yilda esa “Marli va men” filmlarida ijro etgan rollari muvaffaqiyat olib keldi. U 2009-yilda “Va’da berish — turmush quradi degani emas” va 2011-yilda “Rafiqam bo‘l” melodramalarida ham rol o‘ynadi. 2014-yilda Jennifer “Tort” filmidagi obrazi bilan barchani hayratda qoldirdi, mazkur filmda u surunkali og‘riqdan azob chekayotgan ayol rolini o‘ynadi.

    Jennifer 2015-yilda Jastin Teruga turmushga chiqdi. Karyerasidagi muvaffaqiyatiga qaramay, u shaxsiy hayotidagi voqealar tufayli jurnallar muqovalarida paydo bo‘la boshladi. Bir intervyusida u shunday degandi: “Hech kim bu mavzu erim va men uchun juda og‘riqli ekanini o‘ylamaydi. Ular mening ruhiy holatim va sog‘lig‘im haqida bilishmaydi. Ayollarga ona bo‘lish uchun bosim o‘tkaziladi va agar bunday bo‘lmasa, hammasiga uni aybdor qilishadi. Balki, mening maqsadim nasl qoldirish emasdir. Balki, men boshqa birov uchun yaratilgandirman”.

    Aktrisaning sabr kosasini to‘ldirgan ochiq xat

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2016-yilda Jennifer sabr kosasi tugaganini his qilgach, ochiq xat yozishga qaror qildi. Aktrisa ko‘p yillar oldin birinchi marta homiladorligi haqida mish-mish tarqatganlarga murojaat qildi. Biroq u bu gapni o‘ziga olmagan va umuman, qasd olishni niyat qilmagandi. Buning o‘rniga u boshqalarga g‘amxo‘rlik qiladi.

    Jenniferning ta’kidlashicha, bu kabi g‘iybat va mish-mishlar ayollardan go‘zallikning ma’lum “standartlari”ga javob berishni talab qiladigan jamiyatning har doimgi kamsitishidir. U qizlarning go‘zal deb hisoblanishi uchun ozg‘in bo‘lishi kerak degan fikrda o‘sib ulg‘ayishidan xavotirda ekanini aytdi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Eniston o‘z maktubida qalbining eng tubidagi gaplarni yozdi: “Biz hayotda umr yo‘ldoshli yoki usiz, farzandli yoki farzandsiz ham baxtimiz to‘kis bo‘lishi mumkin. Tanamizga kelganda esa nima go‘zal ekanini o‘zimiz hal qilishimiz kerak. Bu qaror faqat bizga tegishli. Keling, buni o‘zimiz va bizga namuna sifatida qaraydigan yosh qizlar uchun qilaylik. Baxtli bo‘lish uchungina turmush qurishimiz yoki ona bo‘lishimiz shart emas. Baxtli yakunimiz nima bo‘lishini faqat o‘zimiz hal qilamiz”.

    Jennifer Eniston bugun: ko‘p qirrali aktrisa va ishbilarmon ayol

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2021-yilda Jenniferga The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida Riz Uizerspun ishtirokidagi “Tong shousi”ning 2-mavsumining muvaffaqiyati, “Do‘stlar” jamoasining birlashishi va Adam Sendler bilan bo‘lajak “Qotillik siri” filmining premyerasi haqida savollar berildi.

    Jennifer hozirda jurnal o‘qimasligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u ilgari hamma narsani ko‘ngliga yaqin olgan — homiladorlik haqidagi barcha mish-mishlar va “u bolalardan ko‘ra karyerasini afzal ko‘rgani”ni to‘g‘risidagi tuhmatni ham. “Hech kim mening nega farzandlarim yo‘qligi sababini, mening ruhiyatimda va o‘zimda tibbiy jihatdan nima bo‘layotganini bilmaydi”, — deydi aktrisa.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bugungi kunda Jennifer o‘ziga tegishli go‘zallik brendining muvaffaqiyatidan bahramand bo‘lib, ajoyib loyihalarni amalga oshirishda davom etmoqda. Shunday tinib-tinchimasligi ortidan 2021-yil dekabrda Sherry Lansing Leadership Award mukofotini qo‘lga kiritdi. Aynan shu marosimdagi nutqida u eng yaxshi ishi hali oldinda ekanini alohida ta’kidladi.

    Mavzuga doir:

    • “Bu miyamga ta’sir qila boshladi”: Gollivud aktrisasi Jennifer Eniston uyqusizlikdan aziyat chekayotganini ma’lum qildi 
    • Filmdagi qahramonlarining his-tuyg‘u va muammolarini real ko‘rsata olgan mahoratli aktyor va aktrisalar (foto)
    • Kotiba, farrosh, jinnixonada yuk tashuvchi: Gollivud yulduzlari mashhur bo‘lgunga qadar qayerda ishlagan?

    02.06.2022, 15:37   Izoh (0)   18209
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud yulduzi Bred Pitt sobiq rafiqasi Jennifer Enistonga 79 million dollarlik uy sovg‘a qildi

    02.06.2022, 11:44

    Sumka, marjon va ko‘zoynak: Mashhurlarning bitta kvartira narxiga teng qimmatbaho aksessuarlari (foto)

    01.06.2022, 19:45

    “Qizil olma”dan “Sanamgina”gacha: Yulduz Usmonovaning “80—90-yil хitlari” konsert dasturidan reportaj (foto va video)

    01.06.2022, 18:31

    Bir kechada yulduzga aylangan, 19 yoshida fojiali o‘lim topgan Divya Bharti: Bollivud aktrisasining taqdiri qanday kechgan? (foto)

    01.06.2022, 15:28

    “Artist” loyihasining ishtirokchisi, xonanda Alisher Ro‘zmetovning o‘g‘li Hojiakbar Ro‘zmetov Munisa Rizayevaga uylanmoqchi ekanini bildirdi (video)

    01.06.2022, 12:59

    Ahad Qayumning o‘xshamagan piari, sahnani egallagan vaynchilar. Hamdam Sobirovning ilk yakkaxon konsertidan reportaj (video)

    31.05.2022, 17:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.