Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ular milliardlab dollarga ega oilalarga umuman o‘xshamaydi. Lekin yillar davomida hayot qiyinchiliklarini birgalikda yengib o‘tgan baxtli juftlikdir.

Mark Sukerberg va Prissilla Chan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Prissilla Chan kelajakda Facebook ijtimoiy tarmog‘ining yaratuvchisi – Mark Sukerberg bilan Garvardda o‘qib yurgan kezlarida tanishgan. Oradan yillar o‘tib, juftlik turmush qurdi, lekin bir qancha muddat farzandli bo‘la olmadi. Sababi Prissilla bir necha marotaba farzandini yo‘qotdi. Ammo 2015-yil ular uzoq kutilgan farzand – Maks dunyoga keldi. 2017-yil ularning oilasida yana bir chaqaloq tug‘ildi. Shundan so‘ng Mark Sukerberg va Prissilla Facebook’ning 99 foiz aksiyasini umri davomida xayriya ishlariga sarflashga va’da berdi. Daromadning hozirgi qiymatidan kelib chiqib, xayriya ajratilgan pul taxminan 45 milliard dollarni tashkil etadi.

Bill va Melinda Geyts

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bill uzoq yillar mobaynida ishlab yurgan Microsoft kompaniyasida bo‘lib o‘tgan brifingda Melindani uchratgan. 1994-yil 1-yanvar kuni 30 yoshli Melinda va 39 yashar Bill turmush qurgan. Ular turmushi davomida uch farzandni voyaga yetkazdi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’limni yaxshilash va qashshoqlikni kamaytirishga qaratilgan xayriya fondiga asos soldi. Microsoft asoschisi o‘zining 77 milliard dollarini fond foydasiga meros qoldirishga qaror qilgan.

Larri Peyj va Lyusinda Sautvort

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Boyligi 71,9 milliard dollarni tashkil qiluvchi Google asoschilaridan biri Larri Stenford universiteti professori Lyusi Sautvort bilan 15 yil davomida turmush qurib kelmoqda. Ularning ikki nafar farzandi bor.

Alisher Usmonov va Irina Viner-Usmonova

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasining prezidenti Irina Viner turmush o‘rtog‘i bilan u gimnastika bo‘yicha shug‘ullanuvchi Toshkent sport saroyida uchrashgan. Keyinchalik yoshlar Moskvada ham ko‘rishgan. Bo‘lajak milliarder 1980-yilda “paxta ishi” bo‘yicha 8 yilga hibsga olingan. (2000-yilda O‘zbekiston Oliy sudi uni aybsiz deb topgan) Shundan so‘ng Usmonov Irinaga urf-odatga ko‘ra ro‘mol yuboradi, bu esa oila qurish taklifini anglatar edi. 1992-yil juftlik turmush qurdi, (O‘sha paytda Irina boshqasi bilan turmushidan ajrashib, Anton ismli o‘g‘lini tarbiyalayotgan edi). Juftlik shundan beri baxtli hayot kechirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi