Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda yangi tartibga ko‘ra oila a’zolari ko‘p bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tgan uy xo‘jaliklari endi belgilangan muddatda o‘z ID-kartalari orqali ikki marotaba gaz olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi iste’molchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi ham yangilangan. Bunda xonadonda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, oshxona va gaz jihozlari belgilangan talab va standartlarga mos kelishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Gaz ballonni ishga tushirish va sozlash xizmati uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuziladi. Tasdiqlangan jadval asosida manzilga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Qaror qariyb to‘rt mingta iste’molchi murojaatini o‘rganish natijalari asosida qabul qilingan. Ularning 40 foizi ikkinchi gaz ballon olish masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Gaz ta’minoti hamda tegishli vazirlik idoralari mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan. Natijada iste’molchilar orasida aholi uchun imtiyozli narxda ajratilgan suyultirilgan gazni olib qayta sotish, maishiy gaz ballonlaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish holatlari aniqlangan. Ana shu sabablarga ko‘ra, so‘nggi vaqtda inson hayotiga va sog‘lig‘iga xavf soluvchi 20 dan ortiq turli xil baxtsiz hodisalar ro‘y berishi kuzatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Mahalliy
O‘zbekiston davlat xizmatlari sohasida qariyb 100 mingta qonunbuzilish holati aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi oldidan suv tarmoqlarini sozlash ishlari qanday ketayotgani aytildi