• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Elektr va gaz: o‘zgarayotgan narxlar va ijtimoiy norma. Hukumat e’lon qilgan yangi qaror loyihasi haqida suhbat

    Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i Quvonchbek Mustafoyev va Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Bahodir Jo‘rayev “Daryo” nashri uchun bergan intervyusida mazkur hujjatda belgilangan vazifalar haqida batafsil to‘xtaldi.

    Qaror loyihasida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini ijtimoiy norma asosida belgilash va oshirish nazarda tutilmoqda. Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan boshlab, O‘zbekistondagi yoqilg‘i-energetika resurslari iste’moli uchun narxlar yangi tizim asosida o‘zgaradi. Xususan, aholi uchun 1 kVt soat elektr energiyasi iste’moli oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m, 250 kVt soatdan yuqori har 1 kVt soat uchun – 650 so‘m etib belgilanmoqda.

    1 kub metr tabiiy gaz iste’moli oyiga isitish mavsumida 700 kub metrgacha – 410 so‘m, 700 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 ming 200 so‘m bo‘ladi. Isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha – 410 so‘m, 200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 ming 200 so‘mni tashkil qiladi. Suyultirilgan gaz har kubi uchun 1 ming 600 so‘mdan sotiladi.

    Quvonchbek Mustafoyevning aytishicha, narxlarni o‘zgartirishga bir necha sabablar bor.

    Quvonchbek Mustafoyev

    Quvonchbek Mustafoyev
    Foto: “Daryo”

    “Narxlarni o‘zgartirishni taqozo qilayotgan asosiy sabab elektr energiya ishlab chiqarish, tabiiy gaz qazib chiqarish korxonalari va yetkazib berish tarmoqlarining eskirgani bilan bog‘liq. Ularni yangilash kerak. Shu bilan birga, issiqlik elektr stansiyalarida foydali ish koeffitsiyenti 25-30 foiz. Ya’ni bu juda past ko‘rsatkich va mahsulot tannarxining oshishiga olib keladigan omil. Yana bir muammo – ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi yo‘qotilishlar ko‘pligida. Tabiiyki, bunda ham tannarx oshadi”, – dedi vazirlik vakili.

    Bahodir Jo‘rayev ijtimoiy me’yordan ortiq iste’mol qilingan tabiiy gaz narxi elektr energiyasidan ko‘proq oshirilayotganiga izoh berdi.

    Bahodir Jo‘rayev

    Bahodir Jo‘rayev
    Foto: “Daryo”

    “Elektr energiyasining amaldagi ta’riflari sohadagi xarajatlarning bor-yo‘g‘i 66 foizini qoplamoqda. Masalan, to ishlab chiqarishdan yetkazib berishgacha 100 so‘m xarajat qilinsa, iste’molchidan shuning 66 so‘migina qaytarib olinmoqda. O‘rtadagi farq shartli subsidiya sifatida davlat tomondan qoplab berilyapti. Tabiiy gazdagi ko‘rsatkich esa bundan ham yomonroq – 46 foizni tashkil qiladi. Bunda 100 so‘m xarajat qilinsa, shuning 46 so‘mi qaytmoqda, qolganini davlat to‘lamoqda. Ko‘rinib turibdiki, tabiiy gazdan ko‘rilayotgan zarar ko‘proq bo‘lmoqda. Shuning uchun ijtimoiy me’yordan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi narxi 2 barobar, tabiiy gazniki 3 barobar baland bo‘ladi”, – dedi mutaxassis.

    Ma’lum qilinishicha, har bir abonent uchun oylik ijtimoiy me’yor maxsus o‘rganishlar natijasiga ko‘ra belgilangan.

    “Iste’mol me’yori degan tushuncha, bu chegara degani emas. Ya’ni iste’mol uchun chegara o‘rnatilgani yo‘q. Faqat ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan ajratilgan subsidiyaga chegara o‘rnatiladi. Aynan nima uchun elektr energiyasiga ijtimoiy me’yor 250 kVt soat, tabiiy gazga isitish mavsumida 700, undan tashqari davrda 200 kub metr belgilandi. Chunki respublikada 7,3 milionta elektr energiya iste’mol qiladigan abonent bo‘lsa, shundan 80 foizi bir oyda 200 kVt soatgacha tok ishlatadi. Qolgan 20 foizi esa jami iste’molning 70 foizini iste’mol qiladi. Bu yerda tengsizlik mavjud. Kam sonli aholi juda katta hajmdagi elektrni iste’mol qilyapti. Tabiiy gazda ham xuddi shunday holat – 85 foiz iste’molchi umumiy iste’molning 15 foizini, qolgan 15 foiz abonent 65 foizini iste’mol qilyapti. Bu davlat tomonidan berilayotgan subsidiyalarning noto‘g‘ri yetib borayotganini ko‘rsatadi. Ya’ni subsidiya unga muhtoj bo‘lamagan odamga yetib boryapti”, – dedi Quvonchbek Mustafoyev.

    Shuningdek, qaror loyihasida yirik korxonalar va yuridik shaxslar uchun ham yoqilg‘i energetika resurslarining narxlari oshirilishi belgilangan. Xususan, 1 kVt soat elektr energiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati (KMK), Olmaliq KMK va budjet tashkilotlari uchun 800 so‘mdan, qolgan yuridik shaxslar uchun 600 so‘mdan sotiladi. Navoiy KMK va Olmaliq KMK uchun 1 kub metr tabiiy gaz narxi – 1 ming 300 so‘m, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun – 1 ming 200 so‘m, issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 000 so‘m hamda qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 ming 150 so‘m etib belgilanmoqda.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi
    Operator: Ma’murjon Obrahmatov

    31.05.2022, 16:16   Izoh (0)   61188
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mirobod tumanida tirbandliklarga olib kelayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari qachongacha davom etishi ma’lum qilindi

    31.05.2022, 16:06

    “O‘zgidromet” 3—4-iyun kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir, sel va kuchli shamol kuzatilishidan ogohlantirdi

    31.05.2022, 16:00

    20 kilogrammdan bepul un aholining qaysi qatlamiga tarqatiladi? Moliya vaziri o‘rinbosari izoh berdi

    31.05.2022, 15:57

    “Ko‘p hokimlar narx-navoga e’tibor qilmasdan, jilovni qo‘lidan chiqarib yuborgan” — Shavkat Mirziyoyev

    31.05.2022, 15:45

    O‘zbekistondagi muzeylar aholidan madaniy boyliklarni sotib olishni boshlaydi

    31.05.2022, 15:41

    “U yaratgan katta maktabni shogirdlari, yoshlarimiz, albatta, munosib davom ettiradi” — Shavkat Mirziyoyev 64 yoshida vafot etgan O‘zbekiston Qahramoni haqida

    31.05.2022, 15:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.