Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlat rahbari matbuot kotibining yozishicha, prezident so‘zining avvalida O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murodovani xotirlagan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Lola Murotovani ko‘p yillardan buyon juda yaxshi bilgani, oxirgi paytlarda betob bo‘lib, davolanishga bo‘lganini ta’kidlagan.

“Biz u kishi bilan doimo gaplashib, samimiy muloqot qilar edik. Xastaliklariga qaramasdan, har doim ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib, el-yurt tashvishi, o‘z kasbiga sadoqat bilan yashadilar. Halol va fidokorona mehnatdan bir daqiqa ham to‘xtamadilar.

Lolaxon opa hayoti davomida juda ko‘p qiyinchilik va sinovlarni boshidan o‘tkazdilar. Mustahkam irodasi va matonatini namoyon etib, faqat oldinga intilib yashadilar. Opaning ulkan g‘ayrat va shijoatiga qoyil qolardim.

Haqiqiy o‘zbek dehqon ayoli timsoliga aylanib, davrimizning chinakam qahramoni sifatida yashadilar. Ishonchim komil, Lolaxon opa yaratgan katta maktabni u kishining shogirdlari, o‘nib-o‘sib kelayotgan yoshlarimiz, albatta, munosib davom ettiradi. Bu fidoyi va vatanparvar yurtdoshimizning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — degan davlat rahbari.

Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekiston Qahramoni, “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova betob bo‘lib qolganini, Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, prezident maslahatchisi o‘rinbosari A.Jo‘rabayev bilan birgalikda viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgan O‘zbekiston Qahramoni holidan xabar olinganini ma’lum qilgandi. Farg‘onaga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev Lola Murotovaning betobligi haqida ham to‘xtalib o‘tgandi.

Lola Murotova 30-may kuni 64 yoshida vafot etdi. Shavkat Mirziyoyev ushbu munosabat bilan marhumaning oila a’zolari va Farg‘ona viloyati faollariga hamdardlik bildirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi