Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Nigeriyaning Rivers shtati poytaxti Port-Xarkort shahridagi cherkov tadbiri chog‘ida yuz bergan tiqilinchda 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Punch gazetasi politsiyaga tayanib xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Shtat politsiyasi vakili Greys Iringe-Kokoning aytishicha, tadbirda cherkov kambag‘allarga yordam berish uchun sovg‘alar va oziq-ovqat tarqatmoqchi bo‘lgan. Fojia sabablarini aniqlash uchun tergov boshlangan.

“Rivers shtati politsiya boshqarmasi Port-Xarkortdagi yangi avlod cherkovi tomonidan uyushtirilgan tadbirda yuz bergan tiqilinchda jami 31 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi”, — deyiladi gazeta xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mart oyida Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli bilan vidolashish marosimida yuzaga kelgan olomon tiqilinchi oqibatida 45 kishi halok bo‘lib, 37 kishi jarohat olgandi.

Aprel oyida esa Isroilda diniy bayram paytida yuzaga kelgan tiqilinchda 44 kishi halok bo‘lgan, yana 100 dan ortiq odam jarohatlangan edi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov