• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Parijda buyuklar to‘qnashuvi. Chempionlar Ligasi finali oldidan

    Yana Parij

    Buyuk tarixga ega bu ikki klub Parij finalida ilk bor to‘qnash kelishi emas. 1981-yil, musobaqa hali Chempionlar Kubogi deb atalgan vaqtda “Real” va “Liverpul” finalda o‘zaro bahs yuritadi. Parijda kechgan o‘yinda ingliz klubi g‘alaba qozonadi. Bu “Real” uchun YChK/YChL finallaridagi so‘nggi mag‘lubiyat bo‘lib qolmoqda. Undan keyingi yettita finalda madridliklar faqat g‘alabaga erishgan. Qizig‘i, “Liverpul”ning YChL finallaridagi so‘nggi mag‘lubiyati ham “Real”ga qarshi o‘yinda (2018-yil) bo‘lgan.

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Xullas, o‘xshashlik va parallellar juda ko‘p. Bir so‘z bilan aytganda munosib raqiblar bir-biriga to‘qnash kelmoqda. Oldindan natijani taxmin qilish juda qiyin, hammasi maydonda hal bo‘ladi.

    YChL | Final

    28-may, shanba | 00:00

    “Liverpul” Angliya — “Real” Ispaniya

    Final sari yo‘l

    Har ikki jamoa finalga qadar bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan “so‘qmoqlar”ni bosib o‘tdi. “Liverpul”ga guruhda qiyin raqiblar tushib qoldi: “Milan”, “Altetiko” va “Portu”. Biroq Klopp jamoasi guruhni 100 foizlik natija bilan yakunlab, raqiblariga imkon qoldirmadi. Plef-off bosqichida esa daraja jihatidan nisbatan past bo‘lgan jamoalar duch keldi: “Inter”, “Benfika” va “Vilyarreal”. “Qizillar” klassdagi ustunlikni namoyish qilgan holda, bu raqiblardan o‘tishni uddaladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real”da esa start “yengil vazn toifasi” jamoalariga qarshi bo‘ldi va madridliklar “Sherif”, “Shaxtyor”, “Inter” kabi jamoalar o‘rin olgan guruhda faqat bir marta yutqazdi — o‘sha Jasur Yaxshiboyev “Santyago Bernabeu”da gol urgan o‘yinda. Pley-off qur’asi esa ispan grandiga ketma-ket qiyin raqiblarni ro‘baro‘ qildi. Qur’a jarayonidagi kulguli xatolik sabab dastlabki natijalar bekor qilindi va keyingi urinishda “Benfika” o‘rnini “PSJ” egalladi. Uning ketidan amaldagi chempion “Chelsi” va “quturgan” “Manchester Siti”. Biroq “Real” o‘yindan-o‘yinga super remontadalarni amalga oshirib, nomdor raqiblarini ortda qoldirdi. “Madrid” o‘tgan mavsumning barcha yarim finalchilarini uyiga kuzatib qo‘ydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Daho murabbiylar to‘qnashuvi

    Karlo Anchelotti va Yurgen Klopp shu vaqtga qadar Chempionlar Ligasida o‘zaro olti marta to‘qnash kelgan. Ularning uchtasida Karloning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, ikkitasi Klopp foydasiga hal bo‘lgan, yana bitta o‘yinda durang qayd etilgan.

    Kollaj: Getty Images

    Kollaj: Getty Images

    Klopp shu vaqtga qadar “Real”ga qarshi 9 o‘yin o‘tkazib, ularning bor-yo‘g‘i uchtasida g‘alaba qozongan. To‘rtta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, ikkitasida durang qayd etilgan. Anchelotti esa “Liverpul” bilan 16 bor to‘qnash kelgan: 8 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat, 3 durang.

    Bu Anchelotti hayotidagi 8-final bo‘ladi (o‘yinchi va murabbiy sifatida). Ularning to‘rttasida raqib — “Liverpul”. Mutaxassis bundan avvalgi uchta o‘yinda ikkita mag‘lubiyat (bir marta o‘yinchi, bir marta murabbiy sifatida) va bitta g‘alaba (murabbiylik davrida) qayd etgan.

    “Oltin to‘p” taqdirini hal qiladigan o‘yin

    Finalda futbol olamidagi eng nufuzli sovringa da’vogar bir yo‘la uch futbolchi ishtirok etadi. Yaqqol favorit bo‘lib turgan Karim Benzemaga qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ikki futbolchi qoldi. Bular “Liverpul”ning afrikalik yulduzlari — Muhammad Saloh va Sadio Mane.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Liverpul” Benzemaning YChLdagi “sevimli” jamoalaridan biri. Fransuz shu vaqtga qadar musobaqa doirasida “qizillar” darvozasiga to‘rtta to‘p kiritgan. Hech qaysi futbolchi Chempionlar Ligasida “Liverpul”ga bundan ko‘p gol ura olmagan. Karim bu o‘yinga qadar qatorasiga beshta o‘yinda gol urdi: “PSJ”, “Chelsi” va “Manchester Siti”ga qarshi bahslarda jami 10 ta gol urildi.

    “Liverpul”ning super hujumchilari ham yomon formada emas. Muhammad APLda mavsum yakunlariga ko‘ra eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi assistent bo‘ldi. Saloh 2018-yilgi final uchun alam olish istagida ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Mane esa “Oltin to‘p” kurashida g‘olib chiqish niyati borligiga shama qilmoqda. Xullas, motivatsiya o‘zining eng cho‘qqisiga chiqqan.

    Tarkib va yo‘qotishlar

    “Real” ushbu o‘yinga deyarli ideal holatda keldi. So‘nggi kunlarga qadar faqat David Alabaning qayta olishi borasida savollar bor edi. Avstriyalik futbolchining finalga shayligi aytilmoqda.

    “Liverpul”da esa vaziyat boshqacha Tiago Alkantaraning o‘yinda qatnasha olishi masalasi katta so‘roq ostida turibdi. Fabinyo, Virjil van Deyk va Saloh ham jarohatdan tiklanib, safga qaytgan. Biroq ular o‘yinga qay darajada tayyorligi noma’lum.

    Taxminiy boshlang‘ich tarkiblar:

    “Liverpul”: Alisson, Robertson, van Deyk, Konate, Trent, Fabinyo, Nabi Keyta, Henderson, Luis Dias, Saloh, Mane.

    “Real”: Kurtua, Mendi, Militao, Nacho, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Kroos, Valverde, Vinisius, Benzema.

    Statistika va qiziqarli faktlar

    • “Real” YChL/YChL finali doirasida to‘rtinchi marta Parijda o‘ynaydi. Bundan avval “Reyms” (1956) va “Valensiya”ni (2000) yutgan bo‘lsa, “Liverpul”ga (1981) yutqazgan;
    • Saloh joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 47 ta o‘yin o‘tkazib, 31 gol va 16 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Benzema esa 59 o‘yinda 44 ta gol va 15 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan;
    • “Real” eng nufuzli Yevrokubok musobaqasida o‘zining 17-finalini o‘tkazadi. Bunga qadar Madrid klubi 13 marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. “Real” boy bergan finallar “Benfika”, “Inter” va “Liverpul”ga qarshi o‘tgan;

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • “Qizillar” uchun bu 10-final bo‘ladi. “Liverpul” ularning oltitasida g‘alaba qozonib, titulni qo‘lga kiritgan, uchtasida esa imkoniyatni boy bergan;
    • “Liverpul” qatorasiga beshta o‘yindan beri “Real”ni yengga olmayapti: 4 mag‘lubiyat, bir durang;
    • 2013-yildan hozirga qadar YChLda g‘olib chiqqan jamoa safida kamida bir nafar xorvatiyalik o‘yinchi bor. Mazkur finalchilar orasida faqat “Real”da xorvat o‘yinchisi (Modrich) bor;
    • “Liverpul” “Enfild”dan tashqarida bo‘lgan so‘nggi 15 ta o‘yinning 12 tasida g‘alaba qozondi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    28.05.2022, 08:17   Izoh (0)   44065
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Roberto Karlos 49, Raul esa 44 yoshda. “Real”ning 90-yillardagi yulduzlari hozir qayerda va qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    27.05.2022, 23:49

    Superliga. “Navbahor” “Lokomotiv” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi, “OKMK” o‘z maydonida “Neftchi”ni mag‘lub etdi

    27.05.2022, 21:03

    Maykl Ouen YChL finali haqida: “Liverpul” “Real” ustidan ishonchli g‘alabaga erishadi

    27.05.2022, 20:27

    “Manchester Yunayted”ning qarzlari qariyb 0,5 milliard funtga yetdi

    27.05.2022, 18:09

    “Real” yetakchi, “Barselona” 3-o‘rin, “Milan”da esa eng yuqori o‘sish. Yevropaning eng qimmat klublari reytingi yangilandi

    27.05.2022, 17:02

    O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

    27.05.2022, 16:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.