Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Uchtepa tumanida sug‘urta polislari pulini o‘zlashtirgan sobiq direktor va uning sherigi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “H.S.” AJ Toshkent viloyati filialining sobiq direktori M.O. va sug‘urta agenti S.I. qat’iy hisobda turuvchi umumiy qiymati 725,3 million so‘mlik 7 775 dona sug‘urta polisini mijozlarga sotib, savdodan tushgan naqd pul mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, mazkur sug‘urta polislaridan 14 tasi yo‘l harakati hodisasi sodir etilganidan keyin rasmiylashtirilib, fuqarolarga jami 315,4 million so‘m sug‘urta qoplamasi noqonuniy to‘lab berilgan. Buning natijasida jamiyat manfaatlariga jami 1 milliard 40,7 million so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda