Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSH Mudofaa vazirligining rahbari Lloyd Ostin “Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi”ning yig‘ilishida 20 ta davlat Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam yuborishga qaror qilganini aytdi.

Foto: Censor

Foto: Censor
Xususan, Daniya “Ukrainaga qirg‘oqlarini himoya qilishda yordam berish” uchun Harpoon kemaga qarshi raketani uchiruvchi uskuna hamda o‘q-dorilar berishga rozi bo‘ldi, deya Ostindan iqtibos keltirmoqda CNN.

Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Chexiyadan “katta ko‘mak”, jumladan hujumchi vertolyotlar, tanklar va raketa tizimlarini oladi. “Boshqa davlatlar Ukraina harbiylarini tayyorlash va Ukraina harbiy tizimlarini saqlash bo‘yicha yangi majburiyatlarni zimmasiga oldi”, —  deya qo‘shimcha qilgan Ostin.

Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida jami 47 ta davlat vakillari ishtirok etgan.

Rossiya bosqinining boshidan beri Ukraina hukumati dushmanga qarshilik ko‘rsatish uchun zudlik bilan harbiy yordamga muhtojligini bir necha bor ta’kidlagan. Xususan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 23-may kuni Donbass uchun janglarda Rossiya armiyasi Ukrainanikidan 20 baravar ko‘proq texnikaga ega ekanini aytdi.

Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko‘plab davlatlari bu chaqiruvga allaqachon javob berishgan, xususan, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga avval faqat Ikkinchi jahon urushi davrida qo‘llanilgan lend-liz dasturi bo‘yicha qurol yetkazib berishga qaror qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)