• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarni yetishtirishni kengaytirish bo‘yicha prezident farmoni va qarori qabul qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon va “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorni imzoladi, deb xabar beradi Norma.

    Quyidagilar tasdiqlandi:

    • 2022-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish uchun yer maydonlarini ajratishning yig‘ma maqsadli ko‘rsatkichlari;
    • 2022-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston va viloyatlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
    • 2022-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston va viloyatlar o‘rmon fondi yerlarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
    • 2022-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston va viloyatlar yaylov yer maydonlarida kavrak madaniy plantatsiyalarini barpo etishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
    • “Bir tuman – bir mahsulot” tamoyili asosida dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar ro‘yxati;
    • Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlashni kengaytirish hamda aholi o‘rtasida undan foydalanishni targ‘ib qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”.
    2022-2026-yillarda 36 ming gektar maydonda qizilmiya, za’faron, kavrak, lavanda, steviya, moychechak, na’matak, ravoch, mavrak, dalachoy, tog‘rayhon, bo‘ymadaron, kiyik o‘ti, kovul, qalampir yalpiz va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish tashkil etiladi.

    Yaratilayotgan har 10 gektar yer maydonidagi dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq qazish, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish maqsadida nasos stansiyasini qurishga suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash sharti bilan har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi orqali subsidiya ajratiladi.

    Eksportbop dorivor o‘simliklar yetishtirishni kengaytirish maqsadida prezidentning 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 4-bandida nazarda tutilgan imtiyoz va moliyalashtirish tartiblari dorivor o‘simliklarni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladi.

    2022-yil 1-iyundan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 100 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali quyidagilarga:

    • fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga – dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi;
    • dorivor o‘simliklarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga – yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz(shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oylik “revolver” kreditlar ajratiladi.
    Bundan tashqari, quyidagi imtiyozlar taqdim etildi:
    • 2025-yil 1-yanvarga qadar dorivor o‘simliklarni yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan yer solig‘i, foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 50foizga kamaytiriladi. Bunda mazkur xatboshiga asosan soliqlardan ozod qilinadigan mablag‘lar dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini kengaytirishga yo‘naltirilishi shart;
    • dorivor o‘simliklar xomashyosidan biologik faol qo‘shimchalar, essensiyalar va ekstraktlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari hamda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, qadoqlash materiallari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi;
    • dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, kimyoviy preparatlar hamda himoya vositalarini olib kirishda qo‘shimcha qiymat solig‘ini 180 kunga kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi;
    • dorivor o‘simliklar xomashyosi hamda undan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar, essensiyalar va ekstraktlarni eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining eksport uchun sarflangan avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.
    Avvalroq O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan korxonalar uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo importida bojxona bojidan ozod qilinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: Zangiota tumanida Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil etiladi

    24.05.2022, 01:47   Izoh (0)   12316
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda uch nafar fuqaro omborxonada 610 tup marixuana parvarishlab kelgani aniqlandi

    24.05.2022, 01:23

    Toshkentda voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishga uringan 48 yoshli erkak 10 sutkaga qamaldi

    24.05.2022, 01:11

    Andijonda uch nafar shaxs YPX xodimi bilan janjallashib, ratsiyasi, nishoni va planshetini olib qo‘ydi

    24.05.2022, 00:46

    Tobut ko‘targan Kim Chen In, Qizil maydonda yig‘ilgan pionerlar, qayta tiklangan Ilya Repin asari. 23-may suratlari

    24.05.2022, 00:13

    O‘zbekistonda kollej bitiruvchilari Oliy sport mahorati institutiga qabul qilinadi

    24.05.2022, 00:10

    Qarshi aeroporti terminalini ta’mirlash ishlari boshlandi

    23.05.2022, 23:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abdulla Aripov Eron prezidenti qabulida bo‘ldi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 12 may, 20:15

    Xonanda Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 20:10

    Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi almashdi

    O‘zbekiston | 12 may, 20:05

    Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — OAV

    Dunyo | 12 may, 19:50

    Green Card-2025 da eng ko‘p o‘rinni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:40

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    “Botanika” turar joy majmuasi qurilishi tadbirkorlar eʼtirozi sabab to‘xtatiladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:38

    Tez-tez shamollash, holsizlik, asabiylashish: osteopatiya qanday muammolarni yechishga yordam beradi?

    Maslahatlar | 12 may, 19:30

    O‘zbekistonda kambag‘al oilalar toifalarga qanday ajratilishi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:16

    Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 12 may, 19:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.