Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Belgiyada 20-may kuni maymunchechak bilan kasallanganlar uchun majburiy 21 kunlik karantin joriy qilindi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Frank Vandenbruk ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, maymunchechak virusiga chalinganlar “pustulalar (ichiga yiring to‘plangan pufakchalar) bitib ketgunicha” izolyatsiyada bo‘lishi kerak.

Kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lganlar 21 kunlik karantinga kirishi shart emas, ammo ular uch kun mobaynida o‘z ahvolini kuzatib turishi kerak (inkubatsiya davri 5 kundan 21 kungacha).

Avvalroq Belgiyada maymunchechak bilan kasallanish bo‘yicha to‘rtinchi holat aniqlangani xabar berilgandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyoda 13-maydan 21-mayga qadar 92 kishida maymunchechak aniqlanganini ma’lum qildi. Yana 28 kishi kasallik borligi gumon qilinmoqda. Hozircha birorta ham holat o‘lim bilan tugamagan.

Kasallanish holatlari 12 ta mamlakatda qayd etilgan. Top uchtalikka Portugaliya, Ispaniya va Buyuk Britaniya kirdi (21 dan 30 tagacha holat). Shuningdek, virusni yuqtirganlar Avstraliya, Belgiya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya va AQSHda ham aniqlangan.

Maymunchechak — kamyob yuqumli kasallik bo‘lib, asosan Markaziy va G‘arbiy Afrikaning olis tumanlarida eng ko‘p tarqalgan. Uning belgilari — ko‘ngil aynishi, isitma, toshma, qichishish, shuningdek, mushaklardagi og‘riq. Bu mintaqadan tashqaridagi kasallanish holatlari ko‘pincha epidemiologiya nuqtayi nazaridan noqulay bo‘lgan zonalarga safarlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Virus kontakt orqali yuqadi, ammo uning tarqalish darajasi yuqori emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)