Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Lomonosov tuman markaziy shifoxonasida traktor bosib ketgan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, “78.ru” nashri xabar berdi.

Foto: “47News.ru”

Foto: “47News.ru”

Ko‘ngilsiz hodisa 16-may kuni tushda Nizino qishlog‘idagi Kutuzov ko‘chasida sodir bo‘lgan. 39 yoshli erkak tos va pastki suyaklarining og‘ir jarohati, o‘ng qov suyagining ikkala shoxining yopiq sinishi, o‘ng son suyagining yopiq sinishi, o‘ng yonbosh tomirlari va sonning chuqur tomirlarining travmatik yorilishi, travmatik shok bilan shifoxonaga yetkazilgan. Erkak olgan tan jarohatlari oqibatida soat 15:30 da vafot etgan.

Hozirda mazkur hodisaning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Marhum o‘limidan oldin uning o‘zi traktor ostiga yiqilib tushganini aytgan. Erkak hech qayerda ishlamagan, migratsiya hisobida turgan.

Avvalroq Moskvada migrantlar ishlayotgan bino tomining qulab tushishi oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tan olingan kambagʻallik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik