Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya poytaxtidagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishlayotgan bino tomi qulab tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Ma’lum qilinishicha, Moskva shahridagi Brigadirsk ko‘chasidagi binolardan birida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari vaqtida bino tomi qulab tushdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, ta’mirlash ishlarida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bo‘lgan.

Hodisa oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik E.N. halok bo‘lgan va bir nafar fuqaro — M.X. hozirda shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirgi vaqtda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabrida Qozondagi qurilishda 37 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, 2021-yilning martida Sankt-Peterburgda novvoy bo‘lib ishga joylashmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak vafot etgan, noyabrda Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan va kasallikka chalingan ikki fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi