Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 8-turida “Energetik-BGU” 14-may, shanba kuni “Minsk” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, “Energetik-BGU”ning ikkinchi golini Bobur Abduxoliqov penaltidan unumli foydalangan holda urdi. Abduxoliqov uchrashuv yakunida zaxiraga olindi.
Qayd etish kerak, “Energetik-BGU” safida Abduxoliqovdan tashqari Abduqodir Husanov va Shohruxbek Abdurahmonov ham harakat qiladi. Har ikkala o‘zbekistonlik futbolchi mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Energetik-BGU”ning ochkolari soni 16 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Belarus Oliy Ligasi
8-tur bahsi
14-may, shanba
Izoh (0)