Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish yaqin kelajakda Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rmayapti. U Venada BMT ichki konferensiyasining ochilishi oldidan shunday bayonot berdi. Guterrish urushni to‘xtatishga yana bir bor chaqirdi va Rossiya—Ukraina o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga harakat qilayotganini ta’kidladi.

Foto: iMag

Foto: iMag
“Bizga ayon bo‘ldiki, ayni damda tezroq tinchlik bitimiga, yaqin kelajakda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati yo‘q”, — dedi BMT yetakchisi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, BMT gumanitar masalalarga, jumladan, Qizil Xoch vositachiligida yuzlab odamlar olib chiqilgan Mariupoldan odamlarni evakuatsiya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ukrainadagi inson huquqlari bo‘yicha komissar Lyudmila Denisova ham “Azovstal” zavodidan yarador ukrainalik askarlarni evakuatsiya qilishda yordam so‘radi. U tibbiy yordamga muhtoj odamlarning g‘ayriinsoniy sharoitlarda qolayotganiga e’tibor qaratdi.

Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari Rim papasi Frensiskga “Azovstal” himoyachilarining taqdirini hal etishda ishtirok etishni so‘rab murojaat qilgan.

Moskva “Azovstal”dagi ukrainalik harbiylarga qurollarini tashlab, taslim bo‘lishni bir necha bor taklif qilgan. Qamaldagi ofitserlar so‘nggi intervyularida taslim bo‘lolmasligini va mudofaani ushlab turish buyrug‘iga rioya qilishini aytgan.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari turg‘unlik holatida qolayotganini ma’lum qilgandi. TIV vakili muzokaralarning rivojlanmayotganida Ukrainani ayblagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi