• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Van Damm, Bochelli, Vuychich va jismoniy nuqsoniga qaramay muvaffaqiyatga erishgan boshqa yulduzlar (foto)

    Bu odamlar boshqalarga o‘xshamasa ham muvaffaqiyatga erishish va ba’zi kamchiliklariga qaramasdan baxtli bo‘lish mumkinligini allaqachon hammaga isbotlagan.

    Xavyer Botet

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Ispaniyalik aktyor Morfan sindromi bilan tug‘ilgan. Uning bo‘yi baland (201 sm) va ayni paytda juda ozg‘in. Bunday xususiyatlari bilan Xaver ko‘pincha qo‘rqinchli filmlarda rol ijro etadi, fantastik personajlarni jonlantirishga ham tez-tez taklif qilinadi.

    Loren Potter

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    “Xor” seriali yulduzi Daun sindromi bilan tug‘ilgan. U bolaligidan aktrisa bo‘lishni xohlagan. Nihoyat orzusi amalga oshib, 18 yoshida olti fasl davom etgan “Xor” serialida quvnoq Bekki Jekson rolini o‘ynadi. U boshqalar ham Daun sindromli odamlarni o‘zlariga teng ko‘rishlarini orzu qiladi.

    Barbara Streyzand

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Taniqli aktrisa, qo‘shiqchi, prodyuser — Barbara Streyzandning eshitish qobiliyati past ekanligini ko‘pchilik bilmaydi. Taniqli kino yulduz davolab bo‘lmaydigan kasallik bo‘lgan tinnitusga chalingan — bolaligidan qulog‘ida shovqin bor. Yoshligida qulog‘idagi shovqindan qutulish uchun boshiga ro‘mol o‘rab yurgan. Streyzand yoshligidanoq eshitish moslamasida yuradi, garchi omma oldida taqmasa ham.

    Jan-Klod Van Damm

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Jang san’ati yulduzining ikkala qulog‘i ham deyarli eshitmaydi. Ko‘rsatuvlardan birida aktyor eshitish testidan o‘tadi, unda ikkala qulog‘ida ham yuqori chastotali eshitish qobiliyati yo‘qolgani ma’lum bo‘ladi. Van Dammning o‘zi anchadan beri bir nechta odamning bir vaqtning o‘zida suhbatini farq qilolmasligini aytadi, shuning uchun u kim bilan bo‘lsa ham yakkama-yakka gaplashishni afzal ko‘radi.

    Piter Dinkleyj

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    “Taxtlar o‘yini” yulduzlaridan biri pakanalikka olib keladigan axondroplaziya genining tashuvchisi hisoblanadi. Piterning ota-onasi va ukasi odatiy bo‘yli odamlardir. Aktyorning bo‘yi esa 135 sm. Shuning uchun aktyorlik maktabini tugatgan Dinkleyj laprekun va boshqa mavjudotlarni o‘ynashga shoshilmadi, bunday rollar odatda mitti aktyorlarga taklif qilinadi. U yulduzli onlarini kutdi. Piter “Taxtlar o‘yini” serialida rol o‘ynash taklifini olganida, bir nechta taniqli aktyorlik ishlari va turli mukofotlarga sazovor bo‘lgandi. Piter o‘rta bo‘yli aktrisa Erika Shmidtga uylangan. Er-xotinning bir qizi va bir o‘g‘li bor. Otasining baxtiga uning genlari bolalariga o‘tmagan.

    Uorvik Devis

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Aktyor “Garri Potter” muxlislariga yaxshi tanish, chunki u filmda professor Flitvik rolini o‘ynagan. Bu roldan tashqari uning filmografiyasida o‘nlab asarlar mavjud. Mittilikdan aziyat chekkan Devis bo‘yi 120 sm dan oshmagan aktyorlar uchun kasting bo‘layotganini eshitgan buvisining yordami bilan aktyor bo‘lgan. Buvisi sabab bo‘yi 107 sm bo‘lgan Uorvik Devis yulduzga aylanadi.

    Mett Freyzer

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Aktyor fokomeliya — oyoq-qo‘llarning rivojlanmasligi kasalligiga chalingan. Bunga 1950—1960-yillarda deyarli barcha homilador ayollarga buyurilgan tinchlantiruvchi talidomid preparati sabab bo‘lgan. Bir necha yil o‘tgachgina, bu dori homilani malformatsiyaga olib kelishi ma‘lum bo‘ladi. Ammo onasi farzandini boshqalardan farq qilmasligini uqtirgan va Mett o‘ziga ishongan odam bo‘lib ulg‘aygan. Qo‘llari kalta bo‘lishiga qaramay, u rok guruhida gitara chaladi, shuningdek, 2012-yilda Paralimpiya o‘yinlarining ochilishi va yopilishi marosimida chiqish qilgan.

    Rey Charlz

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Afsonaviy amerikalik musiqachi yetti yoshida stress tufayli ko‘r bo‘lib qolgan: ukasi ko‘z o‘ngida cho‘kib ketgandan so‘ng Reyning ko‘rishida muammolar paydo bo‘ladi va ikki yil ichida u ko‘rish qobiliyatini butunlay yo‘qotadi. Bu uning mashhur musiqachi bo‘lishi, pianino, organ, saksafon, trombon va klarnet chalishi va 17 ta “Gremmi” mukofotini olishiga to‘sqinlik qilmadi.

    Stiv Uander

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Afsonaviy qo‘shiqchi va musiqachi muddatidan oldin tug‘ilgan. Tug‘uruqxonada boksda yotgan chaqaloqqa xatolik sabab juda ko‘p kislorod berilgan va bu uning ko‘r bo‘lishiga olib kelgan. Uander bir nechta asboblarni ham mukammal chalishni biladi, yigirmadan ortiq albomi bor va 25 ta “Gremmi” mukofotini olgan.

    Andrea Bochelli

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Dunyoga mashhur tenor bolaligida ko‘r bo‘lib qoladi. Tug‘ilishdanoq unda ko‘rish bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan, ammo fojiali voqea hamma narsani hal qiladi. Andrea 12 yoshida o‘yin vaqtida boshiga futbol to‘pi uriladi, zarbadan u butunlay ko‘r bo‘lib qoladi. Yigitcha yoshligidan shunchaki emas, balki zo‘r qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilgan. U vokalni professional tarzda o‘rgangan, ammo 1992-yilda Luchano Pavorotti bilan tanishishi uning keyingi taqdirini hal qilgan. Bochellida haqiqiy iste’dodni aynan u ko‘ra olgan.

    Bugungi kunga qadar Andrea Bochelli 15 ta albom yozgan va Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega. Hozir u ikkinchi turmushi bilan uch nafar farzandni tarbiyalamoqda.

    Nik Vuychich

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Ehtimol, Nik nima bo‘lishidan qat’i nazar, qanday qilib mashhur bo‘lishingiz mumkinligining eng yorqin misolidir. Avstraliyalik notiq, filantrop va yozuvchi tetraameliya sindromi bilan tug‘ilgan, bu to‘rtta a’zoning ham yo‘qligiga olib keladigan noyob irsiy kasallik. Aynan shu kasallik uni yoshlarga o‘zini o‘zi qabul qilishning muhimligi haqida ma’ruza qilishiga sabab bo‘lgan. Hozirda Nik Vuychich baxtli turmush qurgan va to‘rtta sog‘lom farzandi bor.

    Mavzuga doir:

    • Obrazidagi noodatiy aksessuar tufayli hammani o‘ziga qaratgan Gollivud yulduzlari (foto)
    • Kameron Dias, Skarlett Yoxansson va plastik jarrohlik orqali tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan boshqa mashhur ayollar (foto)
    • Ota-onasidan erta ayrilib, yetimlik azobini totgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)
    • Rol uchun 4 marta semirib, ozgan hamda sun’iy soch taqishini yashirmaydi: Gollivud yulduzlari haqidagi fikringizni o‘zgartirib yuboradigan ma’lumotlar

    12.05.2022, 21:35   Izoh (0)   31780
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    35 yoshdan keyin onalik baxtiga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar (video)

    12.05.2022, 17:12

    Ekrandan hayotga ko‘chgan muhabbat: Suratga olish maydonchasida baxtini topgan turk kinosi yulduzlari (foto)

    12.05.2022, 14:46

    43 yoshli Zolushka, Elzadek kiyingan haqiqiy malika: ertak qahramoni kabi kiyinib, hammaning e’tiborini tortgan mashhurlar (foto)

    11.05.2022, 15:39

    Instagram: Gulchehra Eshonqulovaning AQSHda yashamoqchi bo‘lganlarga maslahatlari, Shahzod Sultonovdan kechirim so‘ragan Feruza Normatova, Bunyodbek Saidovning ona...

    10.05.2022, 22:33

    Suratga olish maydonchasida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    10.05.2022, 19:54

    Manzura prezident so‘zlaridan ilhomlanib “o‘rangani” hamda hamkasblarining ro‘moliga nisbatan negativ kayfiyati haqida (video)

    10.05.2022, 17:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.