Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 9—16-may kunlari 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi tashkil etilmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu olimpiadada Avstriya, BAA, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Vengriya, Xorvatiya, Suriya, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Isroil, Ozarbayjon, Armaniston kabi 20 ga yaqin davlat vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Olimpiada asosiy 3 bosqichdan iborat.
- I bosqich: kimyo fanidan 8 ta nazariy masalalar yechish bosqichi.
- II bosqich: kimyo fanidan 15 ta nazariy masalalar yechish bosqichi bunda, ishtirokchi 15 ta masalaning 5 tasini ixtiyoriy tanlab oladi.
- III bosqich: kimyo fanidan 5 ta amaliy laboratoriya o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 12 nafar o‘quvchi bor. O‘zbekiston ushbu olimpiadada 2008-yildan boshlab ishtirok etib kelmoqda. 2008-2020-yillar davomida O‘zbekiston ishtirokchilari tomonidan jami 84 ta medal qo‘lga kiritilgan.
Izoh (0)