Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joze Mourinyo qo‘l ostida “Roma” Konferensiyalar Ligasi yarim finalida “Lester”ni mag‘lub etib (1:0, 1:1), final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Portugaliyalik mutaxassis 4 ta turli jamoa bilan Yevrokuboklar finaliga chiqqan ilk murabbiyga aylandi.

Avvalroq Mourinyo “Portu” bilan Chempionlar Ligasi va UEFA Kubogi finaliga chiqqan edi, “Inter” bilan Chempionlar Ligasi, “Manchester Yunayted” bilan esa Yevropa Ligasi finalida o‘ynagan.

Undan tashqari 59 yoshli Joze jamoalarini Chempionlar Ligasi (“Portu”, “Inter”), Yevropa Ligasi (“Manchester Yunayted”) va Konferensiyalar Ligasi (“Roma”) finaliga chiqqan ilk murabbiyga aylandi.

Qayd etish joiz, Konferensiyalar Ligasi ushbu mavsum birinchi marta o‘tkazilmoqda.

“Roma” 25-may kuni Konferensiyalar Ligasi finalida “Feyenoord” bilan bahs olib boradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)