Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 6-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:58 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 158 kilometr janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,1 ga teng bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 39,87 gradus shimoliy kenglik; 69,56 gradus sharqiy uzunlik.

Yerosti silkinishlari kuchi Toshkent viloyatining Bekobod shahrida sezilgan — 2 ball.

Bundan avval Andijonda 4 ballik yer silkinishi qayd etilgani, Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Farg‘ona viloyatida sezilgani, Farg‘ona viloyatida 2 ballik hamda Buxoroda 3,5 ballik zilzila sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi