Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent City’dagi Nest One atrofida nimalar bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 5-may kuni soat 17:26 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan Nest One qurilish binosida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, yong‘in soat 17:38 da o‘chirilgan.
Yong‘inda binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv/m maydonda qurilish materiali yongan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.