Anvar Asamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Anvar Asamov bunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, 2020-yilga qadar bojxona raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. U 2021-yilning aprelida qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Avvalroq Turizm va madaniy meros vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlangani, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgargani, Milliy gvardiya qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.