Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Surxondaryodan Toshkentga iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini olib kelayotgan Cobalt avtomobili aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi departamenti

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi departamenti

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarni ta’minlash bo‘linmasi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan “Darband” YPX maskanida nazorat reyd tadbirlari olib borilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi departamenti

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi departamenti

Tadbir davomida Angor—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 20 yoshli A.O. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtotransport vositasida veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilinmagan holda, hech qanday hujjatlarsiz jami 218 kilogramm go‘sht mahsulotlarining olib ketilayotgani aniqlangan. Holat bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi departamenti

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi departamenti

Avvalroq Jizzaxda Nexia yukxonasi va salonidan Toshkentga olib ketilayotgan 712 kg noma’lum hayvon go‘shti topilgani, Buxorodan Toshkentga 500 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan Isuzu to‘xtatib qolingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi